Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

62
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
Shunday qilib tabiiy huquq, har qanday huquqning, shu bilan birga, 
huquqiy tartibotning, ijobiy huquqning, axloqiy huquqning, siyosiy huquqning 
va shu kabilarning boshlang‘ich asosidir
1
.
Huquqning tarixiy maktabi. Bu ta’limotning Germaniyadagi asoschi-
lari (G. Gugo, F. Savini, G. Puxta) XVIII–XIX asrlarda huquq til (nutq) kabi 
tarixan kelib chiqadi va rivojlanadi, aslo qonun chiqaruvchi tomonidan e’lon 
etilmaydi, deb isbotlashga urindilar. U «milliy» ongdan, «xalq» ongidan kelib 
chiqadi. Tarixiy maktab vakillari diniy ta’limotga ham yondashib ketadi. Ma-
salan, G. Puxta: «Huquq Xudodan boshlanadi. U millat tabiatiga huquqni yaratish 
qudratini jo etgan», deb ta’kidladi.
Huquqning normativ nazariyasini yaratuvchilaridan biri Gans Kel-
zen huquqni huquqning o‘zidan keltirib chiqaradi. Uning ta’kidlashicha, huquq 
sababiy bog‘lanish tamoyiliga bo‘ysunmaydi, o‘z kuchi va harakatini o‘zidan 
oladi. Kelzen uchun huquqni keltirib chiqaruvchi sabablar masalasi kun tarti-
bida turmagan.
Huquqning psixologik (ruhiy) nazariyasi (L. Petrajitskiy va boshqa-
lar). Mazkur ta’limot vakillari huquqning kelib chiqishi sababini insonlarning 
ruhiyatidan, huquqiy hayajon, ehtiros va kechinmalarning imperativ xususiyat-
laridan izlaydilar. Huquq – bu o‘ziga xos «murakkab emotsional-aqliy ruhiy 
jarayon bo‘lib, u individning ruhiy sohasida namoyon bo‘ladi»
2

To‘g‘ri, huquqning kelib chiqishida ruhiy (psixologik) omilni to‘la inkor 
etish mumkin emas, ammo, ruhiy hayajon va kechinmalarni huquqni yaratuv-
chi asosiy manba deb hisoblash ham to‘g‘ri emas.
Huquq kelib chiqishining marksistik konsepsiyasi. Bu nazariya 
asoschilari huquqning kelib chiqish va amal qilishning bosh manbayi iqtisodiy 
tuzum (bazis)da ekanligini ishonchli isbotladilar. Shu bois huquq jamiyatning 
iqtisodiy tuzumidan ustun bo‘la olmaydi. Shu bilan birga, marksizm huquqning 
genezisini sinflar va sinfiy munosabatlar bilan chambarchas bog‘laydi. Huquq-
da iqtisodiy hukmron sinfning irodasini ko‘radi. Biroq, huquqning ildizlari an-
chagina chuqurroq, uning paydo bo‘lishiga sinflardan ko‘ra, boshqa umumsot-
sial omillar ko‘proq ta’sir ko‘rsatadi.
Yuqoridagilarni umumlashtirib aytish mumkinki, jamiyat kishilarning 
muayyan aloqalar tizimi bilan o‘zaro bog‘langan uyushmasi bo‘lib, davlat va 
huquqdan oldin vujudga kelgan. Davlat murakkab ijtimoiy-siyosiy hodisa sifa-
tida uzoq taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan. Davlat va huquqning vujudga kelishi
shakllanishi va taraqqiyoti turli yondashuvlar asosida yoritilgan. Bunda u yoki 

Qarang: Davlat va huquq nazariyasi Prof. Х.T. Оdilqoriyev tahriri ostida – T., 2009. – 47–50-betlar.

Qarang: Петражицкий Л.И. Теория права и государства в связи с теорией нравственности. – 
СПб. 1909. – 1 tom. – 84-bet.



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling