Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tabiiy huquq nazariyasi.
- Organik nazariya.
psixologik nazariyasi ham bor. Uning asos-
chisi sotsiolog Gabriel Garddir. Rus olimi Korkunov, professor Petrajitskiylar 58 Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi ham shu konsepsiya tarafdorlaridirlar. Mazkur nazariyaning asosiy g‘oyasi – insonlar o‘z tabiatiga, biologik instinkt xususiyatlariga ko‘ra boshqarilish, itoat etishga intilar emishlar. Ulardagi bu ehtiyoj faqat davlat mavjud bo‘lgan taqdirdagina qondirilarmish. Bu nazariya xalq ommasini avom va passiv qilib tasvir etadi. Xalqni politsiya qamchisi ostiga qo‘yishdan boshqa narsa emas, deydi. Davlat kelib chiqishining psixologik nazariyotchisi o‘ng sotsialistik Ru- dolf Pamperiyen davlat kelib chiqishini kishilardagi hokimiyat instinktining mavjudligi bilan izohlaydi. Yuqorida aytib o‘tilgan davlatning kelib chiqishi haqidagi burjua qarashlari huquqning kelib chiqishiga ham taalluqlidir. Tabiiy huquq nazariyasi. Uning asosiy g‘oyasi – inson tabiati abadiy, o‘zgarmas va tarixdan tashqari turadi, deyishdan iborat. Tabiiy huquq nazari- yasi tarafdorlari D. Lokk, T. Gobbs, G. Grotsiy, B. Spinoza va boshqalardir. Tabiiy huquq nazariyasi individni ikki toifaga ajratadi: inson va fuqaro. Shunga muvofiq inson huquqlari va grajdanin huquqlari deb tabiiy huquqni va pozitiv huquqni farqlaydi. Bunday qilish huquqiy dualizm pozitsiyasida turish demakdir. Organik nazariya. Mazkur ta’limotning asoschilari – ingliz sotsiologi G. Spenser, shveysariyalik huquqshunos I. Blyunchli, fransiyalik jamiyatshu- nos M. Forms va boshqalar. Bu ta’limot tarafdorlari biologik organizm bilan ijtimoiy (jamiyat) organizmni bir-biriga o‘xshatishadi. Shu jumladan, davlatni tirik organizm deb qaraydilar. Ular jamiyat va davlatning paydo bo‘lishi va rivojlanishiga biologik hayot qonuniyatlarini joriy qilishga intiladilar. Davlat in- sonlarning birlashuvi asosida hosil bo‘ladigan organizm. Hukumat davlatning miyasi funksiyasini bajaradi va butun organizmni boshqaradi. Gerbert Spenserning fikricha, davlat odamlarning paydo bo‘lishi bilan vujudga keladi, u organizm sifatida odamlardan tashkil topadi. Va, davlat ham biologik organizmga o‘xshash o‘sadi, rivojlanadi, kengayadi, ixtisoslashadi va vaqti kelib o‘ladi. Davlat hokimiyati insoniy maqsadlarga erishishning vosita- sidir 1 . Organik hayot bilan ijtimoiy hayot o‘rtasida o‘xshashliklar bo‘lsa-da, bu ta’limot ilmiylikka da’vo qilaolmaydi. Taniqli rus huquqshunosi Е.N. Trubeskiy ta’kidlaganidek, sotsiologlar insonlarni tirik hujayra bilan qiyoslaydilar, ammo u mustaqil holda yaxlitlikni tashkil etolmaydi, balki bitta organizmning qismi bo‘ladi, xolos. Bu bilan u bitta funksiyani bajaradi. Inson esa, jamiyatdan ajrala oladi, bir necha ijtimoiy organizmlar(tashkilotlar)ning a’zosi bo‘la oladi va bir vaqtning o‘zida bir qancha vazifalarni bajara oladi (masalan, oilada – ota, 1 Qarang: Спенсер Г. Основание социологии. – СПб., 1908. – 17–20-betlar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling