Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zo‘ravonlik (bosqinchilik) nazariyasi.
57
II bob. Davlat va huquqning vujudga kеlishi ustidan cheklanmagan hokimiyatni tan oladilar. Davlat paydo bo‘lguncha esa kishi kishiga qarshi (hamma hammaga qarshi urug‘ holatida) turgan. Bunday qarama-qarshilik holatida uzoq yashash mumkin bo‘lmaganligi uchun odamlar ijtimoiy shartnoma tuzganlar va davlatni vujudga keltirganlar. «Shartnoma nazariyasi» burjuaziyaning feodal davlatchiligiga qarshi kurashida mustahkam g‘oyaviy qurol bo‘ldi. Zo‘ravonlik (bosqinchilik) nazariyasi. Davlat va huquqning kelib chiqishi haqidagi bu nazariyaning namoyandalari K. Kautskiy, L. Gumplovich, Е. Dyuring va boshqalardir. Bu nazariyaning asosiy g‘oyasi shunday: davlat va huquq va sinflar bir qabilaning ikkinchi qabila tomonidan urushib, zo‘rlik ishlatib, bosib olishi natijasida vujudga keladi. Davlat mag‘lub bo‘lgan qabilani bostirish, majburlash apparatidir. Kuchsizlarni kuchlilarning bosib olishi va bo‘ysundirishi tabiat qonuni emish. Bu nazariya keng tarqatilishining sababi, u davlat abadiy bor, davlatni kuchlilar boshqaradi,. degan g‘oyani kishilar ongiga singdirishga urinishdir. Shuningdek, bu nazariya mustamlakachilik siyosatini oqlash uchun ham qo‘l keladi. Zo‘ravonlik nazariyasi asosiy qoidalarini shakllantirib, uni rivojlantirgan olim L. Gumplovichdir. U «bir sinfning ikkinchi sinf tomonidan bo‘ysundirilishi natijasida davlat vujudga keladi, deb xulosa chiqaradi. Uning fikricha, davlat zo‘rlik yordamida emas, boshqacha tarzda vujudga kelganligini isbotlovchi bi- rorta ham misolni tarix taqdim eta olmaydi. Bundan tashqari, bu har doim bir qabilaning boshqa qabila ustidan zo‘rligi bo‘lib, u kuchli qabilalar tomonidan kuchsizroq, o‘troq aholini bosib olish va qul qilishda ifodalanadi. Davlat ijtimoiy shartnoma, ilohiy kuch, oliy g‘oya asosida emas, balki zo‘ravonlik natijasida vujudga keladi. Jamiyat rivojlanib borgan sari qabila davlat, sinf davlatga o‘sib o‘tgan. Sinf davlatning asosi bo‘lib, mulk egalarining iqtisodiy hukmronligi bo‘lgan. L. Gumplovich fikricha, qabilalarning sinf va tabaqalarga aylanish jarayoni bi- lan shuningdek, davlatning evolyutsiyasi bilan ongning rivojlanishi jarayoni amalga oshadi. «Davlat shakllanishi bilan qabilaviy ongning ma’lum qismi yo‘qolib borib, qolgan qismi qabilalarning sinf va tabaqalarga aylanib borishi orqali, sinf va tabaqa ongiga aylanib boradi». Zo‘rlik va bosqinchilik davlatning vujudga kelish jarayonini to‘xtatish yoki jadallashtirishi mumkin, lekin aslo asosiy va tub sabab bo‘lolmaydi. Fan davlat va huquqni keltirib chiqaruvchi bosh sabab ishlab chiqarish munosabatlari, jamiyatning iqtisodiy taraqqiyoti va bazisi ekanligini rad etib bo‘lmas darajada isbotlab berdi. Davlat kelib chiqishining Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling