Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

59
II bob.
 Davlat va huquqning
vujudga kеlishi
ishxonada – mutaxassis, avval student, keyin professor, advokat, prokuror, 
sudya va h.k.)
1
. Jamiyat, davlat va huquqni o‘rganishda biologik qonuniyatlarni 
ham inobatga olish lozim, lekin ularni mutlaqlashtirish to‘g‘ri emas.
Tarixiy – materialistik nazariya. Ushbu ta’limotning dastlabki asos-
chilari L. Morgan, K. Marks, F. Engels va boshqalar. Davlat ibtidoiy jamiyat-
ning tabiiy rivojlanishi, evolyutsiyasi oqibatida kelib chiqishini asoslashga 
intilish mavjud. Darhaqiqat, davlatchilikning dastlabki kurtaklari, hokimiyat-
ning siyosiylashuvi asoslari, avvalo, ibtidoiy tuzum qa’rida, uning obyektiv 
rivojlanishi sharoitida paydo bo‘lgan. Ibtidoiy jamiyatning iqtisodiy o‘sishi 
nafaqat davlat paydo bo‘lishining moddiy asosini, balki uning sotsial asoslarini 
ham ta’minladi.
Mazkur nazariya davlatning kelib chiqishini izohlashda ikki yondashuvni 
o‘zida mujassam etadi:
birinchi yondashuv: – davlat ibtidoiy jamiyat o‘zlashtiruvchi jamoadan 
ishlab chiqaruvchi jamiyatga aylanishi, iqtisodiyotning malakalashuvi va ixti-
soslashishi, yirik ijtimoiy mehnat taqsimotining yuz berishi, moddiy ne’matlar 
to‘planib mulkchilik munosabatlarining paydo bo‘lishi, taqsimot muoma-
lalarining va jamiyatni boshqarishning murakkablashuvi, oqibatida jamiyat 
a’zolarining sotsial tabaqalashuvi, jamiyatning «umumiy ishlari»ni boshqarish 
ehtiyoji va boshqalar bu yondashuvning asosiy nuqtalari hisoblanadi. Sanab 
o‘tilgan omillar davlat shakllanishiga turtki bergan, uni keltirib chiqargan 
obyektiv sabablardir;
ikkinchi yondashuv: jamiyatda xususiy mulk va uning asosida mulk-
chilik (egalik) munosabatlarining qaror topishi va mustahkamlanishi mulk-
dorlar va mulksizlar sinfini vujudga keltiradi. Ularning manfaatlari ziddiyatli 
bo‘lib, o‘zaro kelishtirilishi qiyin kechadi, hatto ba’zan murosasiz munosabatlar 
tizimiga aylanadi. Iqtisodiy hukmronlikka erishgan sinf jamiyatning boshqa 
qatlamlari ustidan siyosiy hukmronlikni ham qo‘lga kiritadi. Davlat shunday 
hukmronlikning vositasi sifatida paydo bo‘ladi. Davlatning shu tarzda paydo 
bo‘lganligiga tarixda isbotlovchi dalillar bor.

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling