Reja: Jadid ma’rifatparvarlik harakatining siyosiylashuvi, jadidlar tomonidan ilgari surilgan siyosiy mustaqillik g‘oyasi

Download 1.17 Mb.
bet1/8
Sana16.06.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1514491
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
JDHMI 8

Jadid ma’rifatparvarlik harakatining siyosiylashuvi va Turkiston mustaqilligi masalasi

Reja:

1. Jadid ma’rifatparvarlik harakatining siyosiylashuvi, jadidlar tomonidan ilgari surilgan siyosiy mustaqillik g‘oyasi.

2. Turkiston Muxtoriyatining e’lon qilinishi va unda jadidlarning ishtiroki.

3. Turkiston Muxtoriyatining halokati. Istiqlolchilik harakatida jadidlarning g‘oyaviy rahbarligi.

Turkiston chor Rossiyasi tomonidan bosib olingan paytdanoq mustamlaka mamlakat sifatida Rossiyaning tayyor xom-ashyo bazasiga aylandi. Chor Rossiyasi o‘lkani idora qilishda uni gubernyalarga bo‘lib, asosiy boshqaruv vazifalariga rus, yahudiy kishilardan rahbarlar tayinlagani tarixdan ma’lum. Kelgindilar o‘lkani bosib olish va talon-taroj qilish bilan kifoyalanmay, mahalliy aholini mensimasdan ularga past nazar bilan qaragan, mahalliy xalqning haq-huquqlarini istagancha poymol etishga intilganlar.

Jadidlar dunyoning bir qator mamlakatlarida yuz berayotgan inqilobiy o‘zgarishlardan xabardor bo‘lish bilan birga ulardan ta’sirlandilar va o‘z Vatanlarida ham shunday o‘zgarishlar yasashga intildilar. Shu maqsadda mamlakat tarixida ilk bor o‘sha davr ruhi, mamlakat taqdiri, o‘lka hayoti bilan bog‘liq ijtimoiy-siyosiy muammolar aks etgan maqolalarning mualliflari sifatida matbuot sahifalarida chiqa boshladilar. XX asr boshlariga kelganda dunyoga yangicha qarash, demokratik erkinliklarni amalga oshirish, milliy mustaqillik, mustamlakachilar qo‘lidan Vatanni ozod etish singari buyuk g‘oyalar endi jadidlar tomonidan ilgari surilayotgan g‘oyalarga aylandi.

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling