Reja: Jadid ma’rifatparvarlik harakatining siyosiylashuvi, jadidlar tomonidan ilgari surilgan siyosiy mustaqillik g‘oyasi


Download 1.17 Mb.
bet2/8
Sana16.06.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1514491
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
JDHMI 8

Jadidlar dunyoning bir qator mamlakatlarida yuz berayotgan inqilobiy o‘zgarishlardan xabardor bo‘lish bilan birga ulardan ta’sirlandilar va o‘z Vatanlarida ham shunday o‘zgarishlar yasashga intildilar. Shu maqsadda mamlakat tarixida ilk bor o‘sha davr ruhi, mamlakat taqdiri, o‘lka hayoti bilan bog‘liq ijtimoiy-siyosiy muammolar aks etgan maqolalarning mualliflari sifatida matbuot sahifalarida chiqa boshladilar. XX asr boshlariga kelganda dunyoga yangicha qarash, demokratik erkinliklarni amalga oshirish, milliy mustaqillik, mustamlakachilar qo‘lidan Vatanni ozod etish singari buyuk g‘oyalar endi jadidlar tomonidan ilgari surilayotgan g‘oyalarga aylandi.

Jadidlar o‘z maqolalarida mamlakat taqdirini o‘zgartirmoq uchun barcha musulmonlarni birlikka, ahillikka va faol harakatga chorladilar.

Jadidlar o‘z maqolalarida mamlakat taqdirini o‘zgartirmoq uchun barcha musulmonlarni birlikka, ahillikka va faol harakatga chorladilar.

M.Behbudiyning 1906-yil 11-oktabrda “Xurshid” gazetasida chop etilgan maqolasida ham ana shu holatning ilk debochasini ko‘rishimiz mumkin.

U hatto bu maqolasida barcha musulmonlarni o‘z atrofiga birlashtirgan musulmon partiyasi tuzish va Butunrossiya musulmonlar ittifoqiga a’zo bo‘lib kirish taklifi bilan chiqadi. Ammo bunga erishmoq oson emasligini ham bilardilar.


Jadidlar tomonidan tashkil etilgan partiyalar:
1918-yil – “Turk olami markaziyati
“Yosh xivaliklar”
1917-yil – “Ittihodi taraqqiy”
“Yosh buxoroliklar” – 1910-1917-yillar
1917-yil – “Sho‘roi islomiya”

Jadidchilikning ilk davrida jadidlarning Munavvar Qori aytganidek, erk va ozodlik g‘oyasi ularning tilagida bo‘lgan, ammo ular qurolli kuchga ega emasdilar. Buning ustiga “zamonaviy qurolga ega, muntazam armiyasi bo‘lgan, oxranka, jandarmeriya kabi tozi itdek hushyor qo‘riqchilar”ga ega chor hukumatini qulatish oson emasdi. Xalqning tilini, dinini, aqlu shuurini jilovlab, “oq poshsho”ning “mehribon” va “odil”ligini еrli xalq ongiga singdirib yuborgan targ‘ibotchilarga qarshi albatta keng ko‘lamda, puxta ishlangan tushuntirish ishlarini yo‘lga qo‘yish va yo‘lga qo‘yganda ham erinmasdan, sabr-toqat bilan ish olib borish kerak edi. Shuning uchun ham jadidlar ma’rifat yo‘lini tanlashdi, bosqichma-bosqich, tadrijiy ravishda kurash yo‘lini tanladilar. Islom dinida esa behuda qon to‘kish, insonning inson tomonidan o‘ldirilishi qattiq qoralanadi. Imon-e’tiqodi islom g‘oyalari bilan shakllangan jadidlar tinchlik orqali buyuk maqsadlarga yеtishishni lozim ko‘rdilar.


Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling