Reja: Jadid ma’rifatparvarlik harakatining siyosiylashuvi, jadidlar tomonidan ilgari surilgan siyosiy mustaqillik g‘oyasi
Download 1.17 Mb.
|
JDHMI 8
Jadidchilikning ilk davrida jadidlarning Munavvar Qori aytganidek, erk va ozodlik g‘oyasi ularning tilagida bo‘lgan, ammo ular qurolli kuchga ega emasdilar. Buning ustiga “zamonaviy qurolga ega, muntazam armiyasi bo‘lgan, oxranka, jandarmeriya kabi tozi itdek hushyor qo‘riqchilar”ga ega chor hukumatini qulatish oson emasdi. Xalqning tilini, dinini, aqlu shuurini jilovlab, “oq poshsho”ning “mehribon” va “odil”ligini еrli xalq ongiga singdirib yuborgan targ‘ibotchilarga qarshi albatta keng ko‘lamda, puxta ishlangan tushuntirish ishlarini yo‘lga qo‘yish va yo‘lga qo‘yganda ham erinmasdan, sabr-toqat bilan ish olib borish kerak edi. Shuning uchun ham jadidlar ma’rifat yo‘lini tanlashdi, bosqichma-bosqich, tadrijiy ravishda kurash yo‘lini tanladilar. Islom dinida esa behuda qon to‘kish, insonning inson tomonidan o‘ldirilishi qattiq qoralanadi. Imon-e’tiqodi islom g‘oyalari bilan shakllangan jadidlar tinchlik orqali buyuk maqsadlarga yеtishishni lozim ko‘rdilar.Sovetlarning hokimiyat tepasiga kelishidan jadid ziyolilari undan ko‘pgina yaxshiliklarni kutgandi. Ayniqsa, sho‘rolar hukumati o‘rnatilgan yillarning dastlabki kunlarida hukumat bergan quyuq va va’dalar butun bir xalqning ruhini ko‘targani kabi, ko‘pchilik jadid ma’rifatparvarlarining ham qalbida yangi hukumatga nisbatan iliq tuyg‘ularning paydo bo‘lishiga, erk va ozodlikka bo‘lgan umid uchqunlarining kuchayishiga olib kelgan edi. Shuning uchun shu yillarda jadid ma’rifatparvarlari o‘z asarlarida milliy mustaqil jamiyat qurish haqidagi g‘oyani ilgari surdilar. 1917-yil 28-noyabrda e’lon qilingan Turkiston Muxtoriyati jadidlar oldiga qo‘ygan milliy davlatchilik g‘oyasining ilk kurtaklari bo‘ldi.Sovetlarning hokimiyat tepasiga kelishidan jadid ziyolilari undan ko‘pgina yaxshiliklarni kutgandi. Ayniqsa, sho‘rolar hukumati o‘rnatilgan yillarning dastlabki kunlarida hukumat bergan quyuq va va’dalar butun bir xalqning ruhini ko‘targani kabi, ko‘pchilik jadid ma’rifatparvarlarining ham qalbida yangi hukumatga nisbatan iliq tuyg‘ularning paydo bo‘lishiga, erk va ozodlikka bo‘lgan umid uchqunlarining kuchayishiga olib kelgan edi. Shuning uchun shu yillarda jadid ma’rifatparvarlari o‘z asarlarida milliy mustaqil jamiyat qurish haqidagi g‘oyani ilgari surdilar. 1917-yil 28-noyabrda e’lon qilingan Turkiston Muxtoriyati jadidlar oldiga qo‘ygan milliy davlatchilik g‘oyasining ilk kurtaklari bo‘ldi.Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling