Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shartnoma nazariyasi.
56
Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi yatini hadya qilganini isbotlashga harakat qiladi. Davlat hokimiyatining sohibi fuqarolar tomonidan tayinlanmaydi, saylanmaydi va taxtdan mahrum etilishi mumkin emas. Zero, barcha fuqarolar hukmdor – otaning farzandlaridir. Rossiya muhitida ham patriarxal nazariya yaxshi kurtak otdi. Rus sotsiologi N. Mixaylovskiyning ta’kidlashicha, ibtidoiy jamiyatda millatlar va milliy munosabatlar tarkib topib, urug‘chilik tuzumini yemirgan hamda dav- lat va huquqning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Uning yozishicha, davlat – urug‘chilik oilasining rivojlanishi oqibati. Shu bilan birga, patriarxal nazariya din bilan ham aloqasini uzmaydi. «Ota rozi – Xudo rozi» zaylida ish ko‘radi. Monopolistik tuzum mafkurachilari davlatni xalq ommasining «g‘amxo‘ri» qilib ko‘rsatadilar. Patriarxal nazariyani ko‘pchilik tanqid qiladi. Jumladan, J. Lokk shun- day deb yozgan edi: bu ta’limot matnlarida ilmiy yondashuv o‘rniga «bolalar- ga cho‘pchak»ni uchratamiz. Mazkur ta’limot davlatdek murakkab hodisani g‘ayriilmiy biologiyalashtirib, «hikoyalar to‘plami»ga aylanib qolgandek tuyuladi. Shartnoma nazariyasi. Davlatning shartnomali kelib chiqishi nazari- yasining namoyandalari Gugo Grotsiy va Spinoza (Gollandiya), Lokk va Gobbs (Angliya), Jan Jak Russo (Fransiya), Radishchev (Rossiya) bo‘lgan. Bu nazariya XVII – XVIII asrlarda paydo bo‘ldi va keng tarqaldi. Chunki o‘sha vaqtlarda tovar xo‘jaligi rivojlanib kelmoqda edi. Tovar egalari bir-bir- larining xususiy mulk egasi ekanligini e’tirof etmasdan turib, o‘z tovarlarini ayirbosh qila olmas edilar. Kapitalist bilan ishchi rasman ozod va teng shaxs sifatida shartnomaga kirishar edi. Shartnoma kishilar irodasining ifodasi sifa- tida qabul qilinardi. Bu narsa burjua mafkurasiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi. «Shartnoma nazariyasi»ga muvofiq, davlat hokimiyati kishilarning o‘zaro birlashib ixtiyoriy shartlashganligining ifodasidir. Bu nazariya bir jihatdan progressiv edi, u davlat va huquq kelib chiqishini ilohiy zamindan yulib oldi. Davlatga kishilik jamiyatining mahsuli sifatida qaradi. Ba’zi nazariyotchilarining fikricha, insonlar o‘zlarining tabiiy huquqlarini cheklab, bir qismini davlat hokimiyatiga beradilar, shunga ko‘ra davlat jamiyat nomidan xususiy mulkni va o‘z fuqarolarini himoya qilishga majbur bo‘lar emish. J. Russo o‘zining «Ijtimoiy shartnoma» deb atalgan kitobida aytishicha, shartnomali davlat qonuniy hokimiyat asosida vujudga keladi va xususiy shaxs- largagina taalluqli bo‘lmasdan, balki butun xalqqa taalluqlidir. Xalq, – deydi Russo, – agar hokimlar shartnomani buzsa, ularni ag‘darib tashlashi mum- kin. Xalqning qo‘zg‘olonlar qilish huquqini A.N. Radishchev ham isbotlashga uringan. Tomass Gobbs ijtimoiy shartnomani shunday akt deb tasvirlaydiki, unda odamlar monarxning foydasiga o‘z tabiiy erkinliklaridan kechadilar va o‘zlari |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling