Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

61
II bob.
 Davlat va huquqning
vujudga kеlishi
ular o‘rtasida sinfiy va boshqa ijtimoiy belgilariga ko‘ra farq bo‘lishi kerak emas 
degan g‘oya yotsa, ijobiy huquq esa, aynan o‘sha farqlar asosida shakllanadi.
Stoitsizmning asoschisi bo‘lgan Zenon (er.av. 336-264) ta’limotiga ko‘ra, 
tabiiy huquq ilohiydir hamda haqiqatni buyuruvchi va nohaqni taqiqlovchi 
kuchga egadir. Stoiklar fuqarolik hamjamiyati asosida insonlarni bir-biriga nis-
batan tabiiy intilishi, ularning o‘zaro tabiiy aloqalari yotishini ta’kidlaydilar. 
Shunga ko‘ra, davlat sun’iy, shartli, shartnoma asosida vujudga kelgan uyushma 
bo‘lmasdan, balki tabiiy birlashmadir.
Rim stoiklarining ilohiy va insonlar dunyosining yagonaligi g‘oyasidan kelib 
chiqib, rim faylasufi, davlat arbobi Seneka, insonlarni o‘zaro qon-qarindoshligini, 
yagona tananing qismlari deb hisoblaydi. Uning fikricha, tabiat barcha odamlar-
ni bir xil moddadan bir xil maqsad uchun yaratgan. Oliy ne’mat inson tanasiga 
joylashtirilgan ilohiy ruh bo‘lgan ong hisoblanadi. Onglilik insonni xudoga mo-
nand qiladi. Tabiat insonga ongdan tashqari, inson urug‘ining yagonaligi asosida 
yotuvchi hamjamiyatga uyushish layoqatini ham bergan. Ong va o‘zaro muloqot 
tufayli insonlar yashash uchun kurashda hayvonlardan ustun keldilar, tabiat 
hodisalarini bo‘ysundirdilar va yaqin hamjamiyat bo‘lib yashay boshladilar. 
Koinot, Senekaning fikricha, o‘zining tabiiy huquqi bilan tabiiy davlatdir, 
uni tan olish zaruriy va ongli ish. Tabiat qonuni bo‘yicha ushbu davlatning 
a’zolari bo‘lib, uni tan olishi yoki olmasligidan qat’i nazar, barcha insonlar 
hisoblanadi. Alohida davlat tuzilmalari esa, ular tasodifiy yoki butun insoniyat 
uchun emas, faqat cheklangan doiradagi insonlar uchun ahamiyatga ega.
Tabiiy huquq nazariyasi o‘rta asrlarda bir qator o‘zgarishlarni boshi-
dan kechirgan. Inson tabiatining umrboqiyligi va o‘zgarmasligi haqidagi 
ta’limot o‘zgarmagan holda, endi tabiiy huquqning kelib chiqishi tabiat bilan 
bog‘lanmasdan, ilohiy kuchlarga bog‘lab qo‘yildi. 
Gollandiyada Gugo Grotsiy va Spinoza, Angliyada Tomas Gobbs va Jon 
Lokk, Fransiyada Jan Jak Russo, Pol Golbax, Rossiyada Aleksandr Radishev 
va boshqalar tabiiy huquq nazariyasining rivojlanishiga o‘zlarining munosib 
hissalarini qo‘shdilar.
Tabiiy huquq maktabining asoschilaridan biri Gugo Grotsiyning fikricha
inson tabiati tabiiy huquqning onasi hisoblanadi. Tabiiy huquq, bu insonlarga 
allaqachon tegishli bo‘lgan narsalarni berish va ularga nisbatan yuklatilgan 
majburiyatlarni bajarish demakdir. Haqiqat (adolat) tabiiy huquq normalariga 
muvofiqlikdir. Tabiiy huquq hech kimning irodasi mahsuli bo‘lmaganligi uchun 
ham, hech kimga bog‘liq emas.
Jan Jak Russo (1712–1778) tabiiy huquq haqidagi ta’limotni mantiqiy 
nihoyasiga yetkazdi. Russo tabiiy huquq nazariyasini atrof-muhitdagi voqelik 
bilan solishtirib, o‘sha davrdagi tuzumni qattiq qoraladi. 



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling