Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

63
II bob.
 Davlat va huquqning
vujudga kеlishi
bu yondashuvni mutlaqlashtirmay, ularning ham ijobiy, ham salbiy tomonlarini 
o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Davlat va huquqning kelib chiqishi borasida-
gi ma’lum nazariyalarning hech biri oxirgi haqiqatga da’vo qilolmaydi. Ammo, 
har bir ta’limot davlat paydo bo‘lishi xususidagi ilmiy haqiqatni anglashda bir 
bosqich bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Davlatning paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi asosiy nazariyalar
Teologik 
nazariyasi
Tabiiy huquq 
nazariyasi
Shartnoma 
nazariyasi
Zo‘ravonlik 
nazariyasi
Davlatning paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi asosiy nazariyalar
Patriarxal 
nazariyasi
Tarixiy 
materialistik 
nazariyasi
Organik 
nazariyasi
Psixologik 
nazariyasi


64
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
Davlat va huquq nazariyasida dav-
latning mohiyati masalasi markaziy o‘rinni 
egallaydi. Binobarin, fanning boshqa barcha 
muammolarini hal etish «davlat nima» degan 
savolga beriladigan javobning ma’nosiga bog‘liq. Davlat masalasi eng murakkab, 
eng qiyin muammo bo‘lganligi bois insoniyatning aqlpeshalari bu to‘g‘rida 
xilma-xil va serqirra fikrlar bildirganlar.
Davlatshunos olimlardan biri A. Parshin shunday deb yozgan edi: «Dav-
latning tabiatini va mohiyatini teran va har tomonlama anglamay turib, dav-
latni oqilona va malakali boshqarib bo‘lmaydi»
1
. Falsafa kategoriyalaridan biri 
bo‘lmish 
mohiyat – narsa, hodisa, buyum va jarayonlarning muhim, asosiy, 
zaruriy, barqaror jihatlarini, ichki aloqalarini, o‘zaro munosabatlarini, qonuni-
yatlarini ifodalovchi belgilarining yig‘indisidir. Davlatning mohiyati borasida 
izlanganda, uning muhim belgilarini, barcha jihatlarini tavsiflovchi xususiyat-
larini, faoliyati va namoyon bo‘lish qonuniyatlarini ochishga intilamiz. Dav-
latning mohiyati uning ijtimoiy hayotda bajaradigan vazifasini (ijtimoiy mu-
nosabatlarni boshqarish, ularni tartibga solish va boshqa muhim vazifalarini) 
aniqlashni ham qamrab oladi.
Davlat murakkab ijtimoiy hodisa bo‘lganligi bois, uning mohiyati va 
ta’rifi xususida qadimdan turli-tuman mulohazalar bildirib kelinadi. Jumladan, 
davlatning mohiyati haqidagi dastlabki tasavvur va qarashlar zardushtiylik 
dinining muqaddas kitobi – «Avesto»da ham bayon etilgan. «Davlatmi? U 
nima o‘zi?», – deydi Zardusht va o‘zi javob beradi: «Sovuq maxluqlar ichida 
hammadan ham sovuqrog‘i davlat deb ataladi. U sovuq yolg‘onlar to‘qiydi. Uning 
nomidan «Men davlatman, ya’ni xalqman» degan yolg‘on o‘rmalab yuradi»
2

Qadimgi rim faylasufi va siyosiy arbobi Mark Tulliy Sitseron (mil.av. 106–43-y.y.) 
«davlat nima» degan savolga javob izlab, shunday deb yozgan: «Davlat – bu 
umumiy huquqiy tartibotdir; davlat – bu xalq ishi, faoliyati, xalqqa taalluqli 
ishdir». Alloma olim xalq deganda kishilarning har qanday jamoasini emas, 

Qarang: Паршин А. Что такое государство? Научное исследование природы государства. – 
СПб., 1907. – 17-bet. 

Qarang: Fridriх Nitshe «Zardo‘sht tavallosi» / Tarj. I. G‘afurov. – T., 2007. – 43-bet.

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling