Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
boshqaruv va boshqarilish
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
boshqaruv va boshqarilish mavjud. Boshqaruv esa o‘ziga nisbatan
ma’lum bo‘ysunishni, tobelikni talab etadi. Demak, hokimiyat bo‘ysunish va zarur bo‘lganda majburlash elementlari orqali amalga oshiriladi. Ma’lum obro‘ (avtoritet) va bo‘ysunishsiz boshqarish mumkin emas. Avtoritet (hokimiyat vakolatlari tufayli erishiladigan mavqe) itoat etuvchilarga hukmron irodaning o‘tkazilishidir. Ikkinchi tomondan, avtoritet itoat etilishini nazarda tutadi 4 . Hukmronlikka erishishda majburlash, zo‘rlik ishlatish, ishontirish, rag‘batlantirish, tarbiya kabi turli usul va vositalardan foydalaniladi. Hokimiyatning alohida ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega bo‘lgan turi davlat hokimiyatidir. Davlat hokimiyati ommaviy-siyosiy xususiyatga ega bo‘lib, asosiy ijtimoiy vazifasi jamiyatni uyushtirish va boshqarishdan iborat. 1 Qarang: Цицерон М.Т. О государстве // Мухаев Р.Т. Хрестоматия по теории государства и права, политологии, истории политических и правовых учений. – М., 2000. – 74-bet. 2 Qarang: Макиавелли Н. Государь. Пер. с англ. – М., 1990. – 29–30-betlar. 3 Qarang: Кейзеров Н.М. Власть и авторитет. – М., 1973. – 38-bet. 4 Маркс К., Энгельс Ф. Соч. Т.18. – 302-bet. 5–18-8 66 Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi U muayyan tashkiliy shakllarda namoyon bo‘ladi, maxsus usullar va vositalar bilan amalga oshiriladi. Hozirgi zamon demokratik jamiyatlarida davlat hokimiyati huquq vositasida, konstitutsiya tarzidagi qonunlarda institutsional ko‘rinishda rasmiylashtiriladi. Hokimiyat har qanday ijtimoiy birlikning faoliyat ko‘rsatish sharti (vosi- tasi)dir. Bunda hokimiyat ushbu hamjamiyatga mansub shaxslarning undagi yagona rahbariy irodaga bo‘ysinuvi munosabatlari tarzida namoyon bo‘ladi. Bayon qilingan mulohazalar asosida hokimiyatning quyidagi ta’rifini taklif etish mumkin. Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling