65
III bob.
Davlat haqida
umumiy ta’limot
balki ko‘pchilik aholining huquq masalalaridagi o‘zaro
kelishuvi va manfaatlar
umumiyligi asosidagi birlashuvini tushungan
1
.
Uyg‘onish davrining buyuk donishmandi N. Makiavelli davlat timsolida
jamiyatning siyosiy holatini ko‘rgan. U o‘zining «Hukmdor» nomli asarida «in-
sonlar ustidan hukmronlik qilgan va hukmronlik qiluvchi barcha davlatlar mo-
hiyatan
yo respublika, yoki tanho boshqariluvchi tuzilmalar bo‘lgan»
2
, – deb
yozgan edi. Bu o‘rinda davlat hokimiyatni amalga oshirish
vositasi ekanligiga
urg‘u berilgan.
Davlatning mohiyatini anglashda «hokimiyat», aniqrog‘i «siyosiy ho-
kimiyat» hodisasi alohida ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki,
siyosiy yoki davlat
hokimiyati ijtimoiy hokimiyatning yagona turi emas. Hokimiyat kishilarning
muayyan maqsad yo‘lida uyushgan va barqaror xususiyatga ega bo‘lgan ja-
moasiga xosdir.
Hokimiyat – kishilik jamiyati paydo bo‘lganidan
buyon mavjud va hozir-
gacha o‘zining qudratli «joziba»si bilan insonlar aqlini tortib kelayotgan ni-
hoyatda murakkab ijtimoiy hodisadir. Bugungi kunda aksariyat olimlar e’tirof
etgan nuqtayi nazarga ko‘ra, hokimiyat – muayyan shaxs (guruh)ning
u yoki
bu kishi (guruh) ustidan boshqaruvni amalga oshirish (hukmronlik qilish),
u yoki bu narsaning taqdirini hal etish huquq-imkoniyatidir. Hokimiyatning
muhim sifati uning kishilar o‘rtasidagi irodaviy munosabat
ekanligida ifodala-
nadi. Hokimiyat bu shunday
ijtimoiy irodaviy munosabatki,
bunda hukmron
irodaning ustunligi, belgilovchi roli ta’minlanadi
3
. Hokimiyat amalga osh-
gan joyda muayyan irodaviy akt (munosabat) bor va shuning natijasida ro‘y
beradigan
Do'stlaringiz bilan baham: