Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Umumfarovonlik davlati nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlatning normativistik nazariyasi.
Umumfarovonlik davlati nazariyasi. Bunday nazariya ikkinchi jahon
urushidan keyin vujudga kelgan bo‘lib, davlatning ijtimoiy hayotga aralash- masligiga oid oldindan mavjud ta’limotga qarshi chiqadi. Bunda huquqbuzarlik holatlari istisno etiladi («Davlat – tungi qorovul» nazariyasi). Uning mohiyati 30-yillarda D. Keyns tomonidan ta’riflab berilgandi. D. Myurdal, A. Sigu, K. Boulding, V. Mund va boshqalarning asarlarida bu nazariya yanada rivojlan- tirilgan. Mazkur nazariyaning bosh g‘oyasi shundan iboratki, unda davlat barcha sinflardan ustun turib, aholi barcha qatlamlari manfaatlarini ifodalaydi, umum- farovonlikni ta’minlaydi. Rivojlangan mamlakatlarning aholi turmush darajasi- ni yuksaltirish, ijtimoiy, madaniy va boshqa sohalarda yirik davlat dasturlarini amalga oshirishdagi ulkan muvaffaqiyatlari ushbu nazariyaning yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. Mazkur nazariya davlat faoliyatining asosiga inson manfaatlarini qo‘yish bilan har bir shaxsning qadr-qimmatiga e’tiborni jalb etadi. Bizning nazarimizda, ushbu nazariyaning ijobiy jihatlari umuminsoniy qadriyatlar, inson manfaatlari va huquqlari ustuvorligi uning asosiga qo‘yilganligi bilan belgilanadi. Uning kamchiligi esa, nimalar va kimlar evaziga bunga 1 Karimov I.А. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. – T.: «O‘zbekiston», 1996. – 20-bet. 72 Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi erishish mumkinligini ko‘rsatib bera olmaganidadir. Mabodo, ekspluatatsiya markazini yarim mustamlaka va rivojlanayotgan mamlakatlarga ko‘chirish nazarda tutiladigan bo‘lsa, bunday «farovonlik» nazariyasining e’tiborni tortishi amri mahol 1 . Davlatning normativistik nazariyasi. Mazkur ta’limotning yorqin namoyondalaridan biri avstriyalik mutafakkir Gans Kelzen (ayni vaqtda legis- tik yondashuv vakili) davlat tushunchasini quyidagi ma’nolarda tavsiflaydi: Birinchidan, davlat avvalo sof yuridik yondashuv nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqilmog‘i lozim. U yuridik shaxs, «huquqiy fenomen», o‘ziga xos korporatsiya sifatida namoyon bo‘lishi mumkin. Davlat millat miqyosidagi huquqiy tartibdir. Yuridik fenomen sifatidagi davlat bilan huquq o‘rtasidagi munosabatga xuddi huquq bilan individum o‘rtasidagi munosabat tarzida qaralmog‘i kerak. Kelzen- ning fikricha, davlat huquqni o‘rnatishi yoki sanksiyalashdan qati nazar, xuddi individdek bo‘lishi, ya’ni o‘z xatti-harakatida huquq bilan bog‘liq bo‘lishi lozim. Ikkinchidan, davlat tushunchasi sotsiologik ma’noda xam ishlatilishi mumkin. Bu tarzda davlatga kandaydir «sotsiologik birlik», huquqiy tartib va huquqiy reallikdan mustaqil mavjud bo‘lgan «sotsial reallik» sifatida ham qaralishi mumkin. Sotsiologik nuqtayi nazardan qaraganda davlat uchun xos bo‘lgan jihat – uning jamiyatni boshqarish yuzasidan vakolatlarining bir qancha organlarga berilganligi, bir qator organlar qo‘lida to‘planganligidir. Shu bois jamiyatda hokimiyat vakolatiga ega bo‘lgan bir necha tuzilmalar mavjud. Uchinchidan, davlat tushunchasi jonli, tabiiy organizm sifatida ham bel- gilanishi mumkin. Bu yondoshuvga asoslangan holda, davlat «sotsial biologik shakl» sifatida namoyon bo‘ladi. Kelzenning bu qarashlari davlatning paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi organik nazariya tarafdorlari tomonidan qo‘llanilgan. To‘rtinchidan, Kelzen va uning tarafdorlari davlatni «normalar tizimi», «normativ tartib», «siyosiy tashkillashgan jamiyat» «davlat-hokimiyat» deb bel- gilashgan, ta’riflashgan. Kelzenning fikricha, davlat siyosiy xususiyatga ega, va u avvalo siyosiy tashkilot sifatida namoyon bo‘ladi, chunki u «majburlov, kuch ishlatish tartibini» belgilaydi, zero u «kuch ishlatishga bo‘lgan monopol huquqqa ega» 2 . Yana bir yondashuv – «huquqiy davlat» nazariyasiga alohida bobda mu- fassal to‘xtalamiz. Shunday qilib, davlatning ijtimoiy hodisa sifatida murakkabligi, uning turfa talqini, uning tushunchasining turlichaligini belgilaydi. Shu bois turli davrlarda davlatni turlicha tushunish mavjud bo‘lgan. Davlatni sobiq sovet 1 Islomov Z.M. Davlat va huquq: umumnazariy masalalari. – T., 2000. – 100–101-betlar. 2 Qarang: Проблемы теории государства и права / Под. ред. проф. М.Н. Марченко. – М.: Юристь, 2004. – 74-bet. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling