Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Davlatning ma’lum hududga egalik qilishi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

Davlatning ma’lum hududga egalik qilishi 
uning birinchi belgisidir. Davlat hududi yer, yer osti boyliklari, havo bo‘shlig‘i 
va hududiy suvlarni o‘z ichiga oladi va u faqat «qattiq yer»gagina bog‘lanishi 
mumkin emas.
Davlat hududida istiqomat qiluvchi va uning hokimiyatiga bo‘ysunuvchi 
odamlar uning fuqarolari hisoblanadi. Fuqarolar xalq vakili, jamiyat a’zolari 
sifatida umumiy madaniy jihatlari va tarixiy ongiga ko‘ra davlatga mansub-
lik tuyg‘usiga ega bo‘lgan, nisbatan keng ijtimoiy guruh tarzida tavsiflanishi 
mumkin. Aholisiz davlat bo‘lmaydi, chunki muayyan hudud davlat deb tan olin-
sada, lekin bu davlat tomonidan qabul qilinadigan qonunlar ijrosini ta’minlovchi 
aholining bo‘lmasligi, uning go‘yo bir materik yoki qit’a singari hududiy birlik 
sifatida namoyon bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Davlat aholisi uning tuzulishiga ko‘ra bir millatdan tashkil topishi yoki 
ko‘p millatli bo‘lishi mumkin. O‘zbekistonda 130 dan ortiq millat vakillari ya-
shaydi, ular ijtimoiy mavqei, tili, dini, urf-odatidan qat’i nazar, O‘zbekiston 
Respublikasining fuqarolari bo‘lib, hudud miqyosida birlashganlar. Bir davlat 
hududida mavjud turli milliy guruhlarga nisbatan yagona siyosiy hokimiyat 
tatbiq etiladi.
Mazkur borada davlatning fuqaroligi masalasi alohida ahamiyat kasb 
etadi. 
Fuqarolik – o‘zaro huquq va majburiyatlar hamda javobgarlikning mav-
judligida ifodalanadigan, davlat hududida yashovchi shaxslarning davlat bilan 
barqaror huquqiy aloqasi hisoblanadi. Bu shaxsning muayyan davlat ixtiyori-
da bo‘lishi, mamlakat ichida ham, uning tashqarisida ham davlatga mansub 
ekanligida namoyon bo‘ladi. Ushbu mansublik huquqiy hujjatlar (pasport) yor-
damida tasdiqlanadi. Fuqarolik deganda, insonni siyosiy-huquqiy tomondan 
davlat hududida va uning tashqarisida himoyalanishi, qonuniy muhofazalanishi 
tushuniladi.
Fuqarolik tushunchasi qadimiy Yunoniston va Rimda mavjud bo‘lsada, 
asosan, feodalizm inqirozga uchrab, jamiyatdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy 



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling