Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- ommaviy-siyosiy hokimiyat- ning ta’sis etilganligi.
- suverenitetga egaligi- dir.
76
Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi hayot demokratiya va bozor munosabatlariga o‘tayotgan bir bosqichda, hozirgi shaklda namoyon bo‘la boshladi. Ilk bor «shaharlik» so‘zi (fransuzcha «su- tuayn», inglizcha «sitizen», ruscha «gorojanin-grajdanin» va hokazo) mustabid feodal munosabatlardan ozod degan ma’noni bildirgan. Mustaqillik e’lon qilin- ganidan so‘ng o‘zbek tilida o‘tmishdagi «grajdanlik» so‘zi o‘rniga «fuqarolik» degan atama qabul qilindi. Davlatning yana bir muhim belgisi – ommaviy-siyosiy hokimiyat- ning ta’sis etilganligi. Ya’ni, siyosiy elita va jamiyatning qolgan qismi o‘rtasida mavjud hukmronlik va bo‘ysunish (hokimlik va tobelik) munosabat- larining mavjudligi. Jamiyatda hokimiyatning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy kabi turlaridan far- qli o‘laroq davlat hokimiyati alohida mavqega ega. Davlat hokimiyati faqat ma’lum hududgagina tatbiq etiladi. Ibtidoiy jamoa tuzumidagi ijtimoiy hokimi- yat esa, hududga bog‘liq bo‘lmay, faqat urug‘, qabila a’zolarigagina tatbiq etilar edi. Bu davlatning butun jamiyatni muayyan yo‘sinda boshqarish va majbur- lash qobiliyatini anglatadi. Ommaviy-siyosiy hokimiyat irodasiga u ta’sir etuvchi hududdagi barcha itoat qilishi shart bo‘ladi. Ommaviy-siyosiy hokimiyat jamiyatning rivoji va ravnaqi manfaatlaridan kelib chiqib, uni boshqarishni amalga oshiradi. Om- maviy-siyosiy hokimiyat maxsus davlat apparati timsolida moddiylashadi, institutsiyalashadi. Uning ijtimoiyligi, ommaviyligi shundaki, davlat hokimiyati butun jamiyatga daxldor, davlat butun jamiyat (xalq) irodasini ifodalab, uning nomidan ish yurita oladi. Ommaviy-siyosiy hokimiyat apparati, odatda, jamiyat hamda xalq man- faatiga xizmat qilishga safarbar etilgan. Ushbu apparatga qonun chiqaruvchi idora, hukumat, moliya organlari, boshqaruv organlari, sud idoralari, huquqni muhofaza etuvchi idoralar, qurolli kuchlarni boshqarish apparati, turma va ja- zoni ijro etish muassasalari kabilar kiradi. Davlat apparati davlat majburlovini qo‘llashda mutlaq huquqqa ega. Davlatning muhim xususiyatlaridan biri uning suverenitetga egaligi- dir. Suverenitet – mamlakat ichkarisida va undan tashqarida (xalqaro may- donda) davlat hokimiyatining oliyligi, ustunligidir. Suveren hokimiyat – bu oliy, mustaqil, bo‘linmas, umumiy va uzviy, ya’ni ajralmas, begonalashtirib bo‘lmas hokimiyatdir. Davlat hokimiyatining suverenligi – uning mamlakat hududidagi barcha tashkilotlar, muassasalar, uyushmalar, partiyalardan ustun- ligi va ulardan mustaqilligidir.Davlat suvereniteti quyidagilarda ifodalanadi: – ichki va tashqi siyosat masalalarida mustaqil qaror qabul qila olishi; – davlat hokimiyatining mamlakat butun hududiga tatbiq etilishi va dav- lat organlarining barcha aholi uchun umumiy majburiy qarorlar qabul qilishi; |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling