Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soliqlarning joriy etilganligi
77
III bob. Davlat haqida umumiy ta’limot – boshqa ijtimoiy-tashkiliy hokimiyatlar (partiyalar, jamoat birlashmalari, diniy tashkilotlar va boshqalar) ning qarorlarini bekor qila olishi. Shu bois suveren davlat hokimiyati barcha fuqarolar uchun majburiy qo- nunlar qabul qiladi; qonun doirasida majburlov choralarini qo‘llaydi. Shunday qilib, davlat – majburlov choralarini qo‘llashda qonuniy huquqqa ega bo‘lgan, tashkiliy rasmiylashgan hokimiyatni amalga oshiruvchi ijtimoiy qatlam tomonidan o‘rnatilgan yuridik tartib amal qiladigan muayyan hududda yashaydigan aholini o‘z qamroviga olgan siyosiy tashkilot. Davlat – muayyan hududda oliy hokimiyatga ega bo‘lgan ommaviy-siyosiy tashkilot. Davlat hokimiyatining mohiyati jamiyat a’zolari irodasining hukmron ijtimoiy qatlam (sinf) irodasiga bo‘ysundirilishidadir. Davlat hokimiyati – ij- timoiy hokimiyatning bir turi bo‘lib, davlat-huquqiy tashkilotlar(organlar)da mujassamlashadi va jamiyat ustidan boshqaruvni amalga oshiradi. Davlat va huquq davlat hokimiyatini rasmiylashtiruvchi, amalga oshirilishini ta’minlovchi ijtimoiy institutlardir. Soliqlarning joriy etilganligi – davlatning asosiy belgilaridan biri bo‘lib, u aholidan davlat apparatini saqlab turish, faoliyatini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan moddiy mablag‘larni undirib olishda ifodalanadi. Mamlakatning davlat budjeti aholidan, turli xil xo‘jalik subyektlaridan olinadigan soliqlar va yig‘imlardan kelib tushadigan daromadlar hisobiga to‘ldiriladi hamda ushbu moliyaviy mablag‘lar jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy hayot sohasini ta’minlash uchun maqsadli sarf etiladi. Davlatning soliq siyosati natijasida to‘plangan mablag‘lar hisobidan na- faqat davlat apparatining faoliyati jarayonida, balki mamlakatning ijtimoiy, iqti- sodiy, siyosiy va madaniy hayot sohalarini rivojlantirishda ham keng foydalani- ladi. Tabiiyki, davlat tegishli moliyaviy vositalarsiz jamiyatning biron-bir so- hasini boshqara olishi yoki muayyan islohotlarni amalga oshirishini tasavvur etish qiyin. Chunki, mamlakatdagi mavjud tashkilotlar o‘z faoliyatlarida moli- yaviy resurs sifatida davlat budjetiga (davlat organlari) yoki xo‘jalik hisobidan tushgan daromadga tayangan holda ish yuritadilar va shu hisobidan davlat xizmatchilariga, ishchi va xodimlarga haq to‘laydilar. Ma’lumki, davlat xiz- matchilari (deputatlar, sudya, prokuror, hokimlar va boshqalar) moddiy ish- lab chiqarish bilan shug‘ullanmay, balki o‘z faoliyatida asosan boshqaruvni amalga oshiradilar. Shuning uchun mazkur doiradagi shaxslarga ish haqi, ularning pensiya ta’minoti va boshqa moddiy resurslar mamlakatning budjeti- dan ajratiladi. Bundan tashqari, davlat organlarining xizmat faoliyati uchun zarur bo‘lgan texnika, aloqa vositalari, kiyim-kechak va boshqa ashyolar dav- latning budjeti hisobidan ajratiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling