Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
80
Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi farq qiladi. Bunda u mehnatkashlarning ekspluatatorlarga shaxsan, ochiqdan- ochiq qaramligiga emas, balki rasman erkin, biroq ishlab chiqarish vositalari- dan mahrum bo‘lgan va shu sababli yashash uchun o‘z kuchini kapitalistik korxonalarning egalariga sotishga majbur bo‘lgan yollanma ishchilar sinfining yashirin iqtisodiy qaramligiga asoslanar edi. Kapitalistik tuzumdagi davlat yaqin vaqtlargacha ekspluatatsiya qilinuvchi- larni ekspluatatorlarga bo‘ysundirishida yordam beruvchi, ularni jamiyatni tashkil etishning muayyan tarixiy shakliga mos keluvchi tartiblarga rioya qilishga majbur qiluvchi mashina bo‘lib keldi. Biroq keyingi o‘n yilliklarda kapitalistik jamiyatda jiddiy o‘zgarishlar yuz berdi. Ijtimoiy manfaatlar sinfiy manfaatlardan, umuminsoniy manfaatlar mil- liy manfaatlardan, umumiy manfaatlar xususiy manfaatlardan ustunlik qila boshladi. Demokratik g‘oyalar va institutlar (tashkilotlar) keng yoyila boshladi, bu jamiyatning rivojlanishida davlatning o‘rni va ahamiyatiga ta’sir qilmasdan qolmadi. Davlat faoliyatining mazmuni, uning ijtimoiy yo‘nalishi jiddiy ravishda o‘zgara boshladi. Davlat zo‘rlik, majbur qilish vositasidan tobora butun jamiyat ishlarini boshqarish mexanizmiga aylana bordi. Sotsialistik davlat to‘g‘risidagi g‘oyalar sinfiy nazariya (markscha-lenincha ta’limot) tarafdorlari asarlarida paydo bo‘lgan. Ular o‘z asarlarida sotsialistik davlatni boshqa tipdagi davlatlarga qarshi qo‘yib, asosiy tafovut hokimiyat- ning ekspluatatsiya qiluvchi ozchilik qo‘lida bo‘lishi va undan ekspluatatsiya qilinuvchi ko‘pchilik qarshiligini bostirish uchun foydalanishda, deb uqtirgan- lar. Ularning fikricha, sotsialistik davlat «sotsialistik inqilob» natijasida paydo bo‘ladi, ya’ni siyosiy hokimiyat zo‘ravonlik orqali egallab olinadi. Bu jarayon eski davlat mashinasini sindirish va proletariat diktaturasini o‘rnatish zarurligi bilan bog‘lanadi. Ayni paytda sotsialistik inqilob g‘alabasidan so‘ng hokimiyat ishchilar sinfi qo‘lida bo‘lishi rejalashtiriladi. Ishchilar sinfi esa butun xalq man- faatlari yo‘lida ekspluatator sinflar qarshiligini bostiradi va butun xalqni yangi hayot qurish uchun o‘ziga ergashtirishga intiladi. Sinfiy tipologiya ta’limoti mamlakatimizda sobiq sovet Ittifoqi parcha- langunga qadar yagona g‘oya sifatida e’tirof etib kelindi. Ushbu ta’limotning asosiy kamchiligi shundaki, u dunyodagi barcha davlatlarni yagona sinfiy tipologiyaga kiritgan holda, bu boradagi milliy, madaniy, diniy va boshqa bir qator omillarni inkor etadi. Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling