Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
Parlamentar monarxiyada hokimiyat hukmdor bilan birga davlat ho-
kimiyatining oliy organlari – parlament, hukumat va boshqa organlar o‘rtasida taqsimlangan bo‘ladi. Parlament xalq tomonidan ko‘ppartiyaviylik asosida say- lash yo‘li bilan shakllantiriladi. Hukumatni parlamentda ko‘pchilik o‘rin egal- lagan partiya tuzadi, xuddi parlamentar respublikada bo‘lganidek, saylov nati- jalariga ko‘ra hukumat parlament oldida hisob beradi. Eng ko‘p deputatlik mandatiga ega bo‘lgan partiya rahbari huqumatga boshchilik qiladi. Parlamentar monarxiyada hokimiyatning taqsimlanishiga amal qilinadi. Hukmdor siyosiy hayotda ishtirok etadi, lekin uning hokimiyat funksiyalari juda kam bo‘lib, tantanavor marosimlar xususiyatiga ega (hukumatning o‘z va- kolatlarini zimmasidan soqit qilishini qabul qilish, xalqaro munosabatlarda dav- lat nomidan vakillik qilish, davlat nishonlarini taqdim etish va hokazo). Faqat 88 Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi ba’zi bir parlamentar monarxiya davlatlarida hukmdor qo‘lida davlatni boshqa- rishning real vositalari mavjud (masalan, Buyuk Britaniyada qirolicha parla- mentni tarqatib yuboradi, u ayni vaqtda, sud hokimiyati va cherkov boshlig‘i hisoblanadi), lekin amalda hokimiyatni boshqarish vositalari qo‘llanilmaydi. Qonunlarni parlament qabul qiladi va monarx tomonidan imzolangach yuridik kuchga kiradi. Bunday imzolash ramziy ma’noga ega. Parlamentar monarxiya dualistik monarxiyaga qaraganda boshqaruvning ancha keng tarqalgan shakli. Bugun Buyuk Britaniya, Belgiya, Daniya, Nor- vegiya, Shvetsiya, Ispaniya, Yaponiya va boshqa ko‘pgina davlatlarda parlamen- tar monarxiya mavjud. Davlatni boshqarishda monarxning real hokimiyatga ega emasligi parlamentar monarxiyaga xos xususiyatdir. Uning, ya’ni monarxning vakolatlari asosan vakillik xususiyatiga ega. Bundan tashqari, u barcha muhim davlat hujjatlarini imzolab, o‘ziga xos davlat «notariusi» vazifasini ham bajaradi. Bunda monarx vakolatlari hujjatlar tayyorlanishi to‘g‘riligini rasmiy tek- shirish bilan chegaralanadi. Odatda, muayyan hujjat mazmunini o‘zgartirishga monarx o‘zicha erisha olmaydi. Shu bois, «monarx javobgar emas» (monarx o‘z faoliyati uchun siyosiy va yuridik javobgar sanalmaydi) prinsipidan kelib chiqqan holda monarx imzosi yonida bosh vazir yoki mas’ul bir vazirning imzosi talab etiladi. Monarx imzolayotgan barcha hujjatlar amalda hukumat tomonidan tayyorlanadi. Monarx qonunchilik hujjatlariga ham imzo chekadi, lekin u parlament qabul qilgan qonunlarga nisbatan veto qo‘llash huquqiga ega emas. Parlamentar monarxiyaning hammasida ham monarxlarning vakolatlari bir xil emas. Ayrim davlatlarda u davlat faoliyatida ishtirok etishdan mutlaqo chetlatilgan bo‘lsa, ayrimlarida (masalan, Shvetsiya) tashqi ishlar bo‘yicha vakil sanaladi. Ayrimlarida monarx (masalan, Ispaniyada 1978-yilda qabul qilingan Konstitutsiyaga binoan qirol ispan armiyasining bosh qo‘mondonidir) ancha keng vakolatlar egasidir. Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling