Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Parlamentar respublika
mentar respublika.
Prezidentlik boshqaruv shaklida «kuchli prezident» qoidasiga asoslani- ladi. Prezident hukumat boshlig‘i hisoblanib, uni tuzadi va hukumat prezident oldida hisobot beradi. Prezident ham rasman, ham amalda davlat boshlig‘i hi- soblanib, maxsus tartibda xalq yoki saylovchilar hay’ati tomonidan saylanadi, shu bois u parlamentdan mustaqil holda faoliyat yuritadi. Prezident mustaqil holda normativ va normativ bo‘lmagan hujjatlar qabul qilish hamda parlament qabul qilgan qonunlarga veto qo‘yish huquqiga ega. Davlat boshlig‘i keng vakolatlarga va mamlakatda hokimiyatni amalga oshirishda muhim nufuzga ega bo‘lib, shaxsan o‘zi yoxud parlament roziligi bilan hukumat a’zolarini tayinlaydi hamda vazifasidan ozod qiladi, shuningdek ba’zi hollarda parlamentni ham tarqatib yuborish huquqiga ega. Prezident ijroiya hokimiyat rahbari bo‘lsada, ayni vaqtning o‘zida millat- ning yaxlitligi ramzi hisoblanadi. Prezident mamlakatda oliy bosh qo‘mondon vazifasini ham amalga oshiradi. Masalan, Rossiya, Fransiya, O‘zbekiston Respublikasi va boshqa qator davlatlarda prezident bevosita xalq tomonidan saylanadi. Saylovlar tegishli qonunlar asosida amalga oshiriladi. Parlamentar respublikaning mohiyati shundan iboratki, parlament oliy davlat hokimiyat organlari orasida muhim mavqega ega bo‘lib, hukumatni tuzishda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Hukumat parlament oldida hisobdordir. Hukumatni parlament saylovlarida eng ko‘p o‘rin egallagan partiya tuzadi. Davlatning amaldagi rahbari hukumat boshlig‘i – Bosh vazir bo‘lib, u qoidaga ko‘ra saylovlarda g‘olib chiqqan partiya yo‘lboshchisi hisoblanadi. Parlament davlat hokimiyati organlari tizimida eng muhimidir. Huku- mat o‘z vazifalarini qonun chiqaruvchilarning aksariyati qo‘llab-quvvatlasagina bajarishi mumkin, bunday ishonchdan mahrum bo‘lgan taqdirda, u iste’foga chiqadi. Parlamentar respublikalarda prezidentlik lavozimi ko‘zda tutilgan bo‘lsa- da, odatda, u katta mavqega ega bo‘lmaydi. Ushbu boshqaruv shaklida «kuchli parlament» qoidasi amalda bo‘lib, parlament keng doiradagi vakolatlarga ega bo‘ladi. Jumladan, Germaniya, Avstriya, Italiya, Hindiston kabi davlatlar par- lamentar respublika shaklidagi davlatlar qatoriga kiradi. Shuningdek, jahon tajribasida respublikaning aralash shakli ham uchrab turadi. Aralash (pre- zidentlik-parlamentar) respublika boshqaruv shakli noan’anaviy monarxiya shakli singari boshqaruv amaliyotida kam uchraydigan turlardan biri bo‘lib, yuridik adabiyotlar va huquqshunoslik manbalarida batafsil o‘rganilmagan. Aralash respublika shakli mamlakatda bir vaqtning o‘zida «kuchli parlament» |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling