98
Odilqoriyev X.T.
Davlat va huquq nazariyasi
Avtoritar siyosiy rejimning o‘ziga xos xususiyati shundaki, butun ho-
kimiyat yagona shaxs (bir organ yoki bir necha shaxs) qo‘lida to‘planib, dav-
lat hokimiyatini amalga oshirishda ma’muriy-buyruqbozlik, ba’zan terrorchilik
(o‘zboshimchalik, zo‘ravonlik) usullari qo‘llaniladi hamda taraqqiyparvar siyo-
siy partiyalar va jamoat birlashmalari faoliyati taqiqlanadi, cheklanadi yoki
tarqatib yuboriladi.
Ushbu rejimda siyosiy monizm – ya’ni
yakka mafkuraning ustunligi,
uning davlat mafkurasi darajasiga ko‘tarilganligi, fuqarolik jamiyatining
mavjud emasligi, uning institutlarining cheklanganligi, ijtimoiy manfaatlarni
ifodalash imkoniyatlarining taqiqlanganligi avj oladi.
Tiraniya rejimi yakka shaxs boshqaruviga asoslangan. Buning despoti-
yadan
farqi shundaki, tiranning hokimiyati, odatda, zo‘ravonlik,
bosib olish,
ba’zan qonuniy hokimiyatni ag‘darib tashlash natijasida qaror topadi. Tiran
hokimiyati o‘zboshimchalik, terror va genotsid
asosida amalga oshirilib, de-
mokratik tamoyillar tan olinmaydi, mamlakatda amalda bo‘lgan qonunlarga
rioya qilinmay, ularni muntazam ravishda buzish hollari yuz beradi.
Tiran ho-
kimiyati shafqatsiz bo‘ladi hamda qo‘rquvga asoslanadi. Ushbu hokimiyatning
yo‘liga g‘ov bo‘lgan guruh yoki jamoa shafqatsiz ravishda bostiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: