Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

Siyosiy rejim
4-§.


97
IV bob.
 Davlatning
shakllari
boshlig‘i hisoblanadi. Mamlakatda siyosiy plyuralizmga yo‘l qo‘yilmay, yagona 
rasmiy mafkura o‘rnatiladi. Davlatda eng dono, «xalq otasi» boshchilik qiladi 
va u buyuk dohiy deb e’tirof etiladi.
Totalitar davlat boshqaruvida idora etish tartibi o‘ta markazlashgan 
bo‘ladi. Barcha fuqarolar yuqoridan keladigan buyruqlarga og‘ishmay amal 
qiladilar. Har qanday tashabbus taqiqlanadi. Shaxs siyosiy hayotda deyarli 
ishtirok etmaydi va odamlar hayoti qattiq nazoratga olingan bo‘ladi. 
Fashistik idora usuli totalitar rejimning avj olgan shakllaridan biri bo‘lib, 
u millatchilik mafkurasi bir millatning boshqalardan afzalligi to‘g‘risidagi tasav-
vurlarga tayanadi. Insonlarning huquq va majburiyatlari qaysi millatga man-
subligiga bog‘liq bo‘ladi, shuningdek bu rejim amal qiladigan davlatlarda senz-
lar asosan shaxsning millati va irqiga qarab belgilanadi. Ushbu rejim odamlar 
qonun va sud oldida teng bo‘lishi mumkin emas degan aqidaga tayanadi, faqat 
bir millatni oliy irqqa mansub deb e’lon qiladi va u barcha imtiyozlarga ega 
bo‘lishi mumkin, deb hisoblanadi. Bunday hollarda inson va uning shaxsiga 
nisbatan agressiv kayfiyat hukmron bo‘ladi. Jamiyatda uzluksiz ravishda ijti-
moiy ixtiloflar, ommaning qashshoqlashuvi yuz beradi.
Avtokratik siyosiy rejim jamoaviy avtokratiya va yakka shaxs avtokrati-
yasi ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. 
Jamoaviy avtokratiya o‘z navbatida, 
aristokratiya va oligarxiyaga 
bo‘linadi. 
Aristokratik rejimda hokimiyat aholining muayyan qismini tashkil et-
gan zadogonlar qo‘lida to‘planib, xalq davlat boshqaruviga jalb etilmaydi. Aris-
tokratiyaning eng muhim xususiyati shundaki, insonning jamiyatdagi mavqei 
uning ijtimoiy kelib chiqishi bilan belgilanadi. 
Oligarxiya rejimida aristokratik rejimdan farqli ravishda hokimiyatga 
egalik qilish insonlarning mulk senziga qarab belgilanadi, hokimiyat aholining 
mulkdor tabaqasi tomonidan egallanadi. Bunda ham aristokratik rejimdagi sin-
gari oddiy xalq davlat boshqaruviga jalb etilmaydi. Oligarxiyaning o‘ziga xos-
ligi shundaki, insonning jamiyatdagi mavqei uning boyligi bilan belgilanadi.
Nodemokratik siyosiy rejim jamoa avtokratiyasidan farqli ravishda 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling