Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- V bob. DAVLATNING FUNKSIYALARI Davlatning funksiyalari tushunchasi, mazmuni va belgilari 1-§.
«Davlat funksiyalari» atamasi davlatning ijtimoiy vazifalari namoyon
bo‘ladigan faoliyatining asosiy, eng muhim yo‘nalishlarini belgilash uchun qo‘llaniladi. Bunday faoliyat yo‘nalishlarining eng asosiy maqsadi jamiyatning barqaror turmush tarzini ta’minlashdan iboratdir. Davlat funksiyalarida davlat- ning mohiyati, ijtimoiy rivojlanishi va, eng avvalo, mamlakat aholisining turli- tuman manfaatlarini qondirish bilan bog‘liq asosiy masalalarni hal etishdagi aniq roli o‘z ifodasini topadi. Huquqshunos olimlar V.M. Korelskiy va V.D. Perevalov «davlat funk- siyasi – davlatning asosiy harakat yo‘nalishi va undan kelib chiqadigan maqsad va vazifalar»dir 1 , – deb ta’riflasa, N.I. Matuzov va A.V. Malkolar «davlat funk- siyalari – davlatning tashqi va ichki faoliyatiga xos asosiy yo‘nalishlar bo‘lib, ushbu yo‘nalishlar davlatning sinfiy va umuminsoniy mohiyati asosida o‘z aksini topadi va muayyanlashadi» 2 , deb qayd etadilar. Z.M. Islamov davlat funksiyalari – faoliyat yo‘nalishi, biroq hech qachon faoliyatining o‘zi emas, 1 Теория государства и права // Под ред. В.М. Корельского и В.Д. Перевалова – М.: Инфра–Н – норма, 2001 – 146-bet. 2 Матузов Н.И., Малько А.В. Теория государства и права. Учебник. – М.: Юристов, 2004. – 48–66-betlar. V bob. DAVLATNING FUNKSIYALARI Davlatning funksiyalari tushunchasi, mazmuni va belgilari 1-§. 105 V bob. Davlatning funksiyalari deb ta’kidlaydi 1 . Biroq, oxirgi mulohaza nazariy jihatdan bahslidir. Shunday qilib, yuridik adabiyotlarda «davlat funksiyasi» tushunchasiga oid yagona bir fikr hozirga shakllangani yo‘q. Ammo tadqiqotchilarning barchasi davlat funk- siyasi davlatning mohiyati, ijtimoiy maqsadi, vazifalarini belgilab beradi, degan fikrda yakdildirlar. Davlat funksiyalari taraqqiyotning u yoki bu bosqichida jamiyat oldi- da turgan asosiy vazifalarga qarab belgilanadi va bu vazifalarni ro‘yobga chiqarishning vositasi sifatida namoyon bo‘ladi. Davlat vazifalarining mazmuni esa, turli xil ichki va tashqi omillardan kelib chiqqan holda belgilanadi. Masa- lan, mamlakat iqtisodiy hayotidagi tanglik hodisalari davlatning, uning barcha organlarining kuch-g‘ayratini iqtisodiy vazifalarni hal qilishga jalb etishni talab qiladi. Jinoyatchilikning o‘sishi esa, davlatni jinoyatchilikka qarshi kurashni kuchaytirish, jinoyatchilikni keltirib chiqarayotgan sabablar va shart-sharoitlar- ni aniqlash hamda ularga barham berish yuzasidan o‘z vaqtida jiddiy amaliy chora-tadbirlar ko‘rishga majbur etadi. Tashqaridan bo‘ladigan tajovuz davlat mexanizmini mamlakat aholisini tajovuzni bartaraf etishga tayyorlash uchun safarbar qiladi. Mamlakatimiz davlat va huquq nazariyasi fani rivojlanishining hozirgi bosqichida davlat faoliyatiga uning funksiyalari nuqtayi nazaridan yondashuv kengaya borib, davlatning ijtimoiy vazifasi va binobarin, zimmasidagi barcha vazifalarini teranroq tushunishga olib kelmoqda. Mustaqillik sharoitida jamiyat hayotida yuzaga kelgan hozirgi yangi shart-sharoitlar davlat funksiyalari maz- muniga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Masalaga funksional yondashuv turli xalqlarda davlatning turli ko‘rinish va shakllarda yuzaga kelishi, rivojlanishi, almashishi, barham topishi, ya’ni davlatchilik shakllanishi va evolyutsiyasining uzoq tarixiy jarayonini yanada chuqurroq o‘rganish imkonini beradi. Ayni davlatchilik tushunchasi jamiyat- ning davlat bo‘lib uyushganligiga, mazkur jamiyat o‘zining davlat bilan hamohang tarixiy rivojlanishida bosib o‘tadigan turli bosqichlarga, va eng asosiysi, davlat bajaradigan turli funksiyalarga izoh beradi. Boshqacha aytganda, faqatgina statik va dinamik tavsif umumiy holda davlat kabi murakkab ijtimoiy institutning tabiatini chuqur anglashga imkon yaratadi. Davlat funksiyalari quyidagi umumiy jihatlar bilan ta’riflanadi: 1. Davlat har bir funksiyasining mazmuni bir yo‘nalishdagi davlat faoli- yatidan tarkib topadi. Davlat faoliyatining o‘xshash tomonlari ular qaysi ijti- moiy munosabatlarga daxldor bo‘lsa, ana shu munosabatlarning xususiyatidan kelib chiqqan holda bitta funksiyaga birlashtiriladi. 1 Исламов З.М. Общество. Государство. Право. (вопросы теории). – Т., 2001. – 223-bet. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling