Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

doimiy va vaqtinchalik funksiyalarga bo‘linadi. Doimiy funksiyalar 
davlat amal qilishining barcha bosqichlarida ro‘yobga chiqariladi. Vaqtinchalik 
funksiyalar ijtimoiy taraqqiyotning o‘ziga xos shart-sharoitlari bois kelib chiqadi 
va bunday ehtiyojga o‘rin qolmaganidan keyin barham topadi. Siyosiy yo‘nalish 
Davlat 
funksiyalarini 
tasniflash
2-§.


108
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
(ichki va tashqi siyosat) 
sohalari bo‘yicha davlat funksiyalari ichki va tashqi 
funksiyalarga bo‘linadi. Ichki funksiyalar davlatning mamlakat ichidagi faoli-
yatini, muayyan jamiyat hayotidagi yetakchilik rolini anglatadi. Tashqi funk-
siyalar esa, mamlakat tashqarisida olib boriladigan faoliyatni anglatadi, unda 
boshqa davlatlar bilan o‘zaro munosabatlarda davlatning roli namoyon bo‘ladi. 
Har qanday davlatning ichki va tashqi funksiyalari bir-biri bilan chambarchas 
bog‘liqdir, chunki, boshqa davlatlar bilan o‘zaro munosabatlar yo‘lini belgil-
ovchi tashqi siyosat ham ko‘p jihatdan muayyan davlat amal qilishining ichki 
shart-sharoitlariga bog‘liq bo‘ladi. Ijtimoiy hayot sohalari bo‘yicha davlat funk-
siyalari 
iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy hamda ma’naviy sohada amalga oshiriladi-
gan funksiyalarga bo‘linishi mumkin. 
Davlat funksiyalarini 
asosiy va asosiy bo‘lmagan funksiyalarga 
ajratish lozim, degan fikr ham mavjud. Albatta, bunday ajratish shartli tusga 
ega bo‘ladi, sababi, bu borada aniq mezonlar hali ilmiy tarzda belgilanmagan. 
Muayyan davlatning har bir funksiyasi shu davlat uchun obyektiv zarurat-
dir. Davlat faoliyatining barcha turlari teng darajada muhim, biroq bu fikr
turli bosqichlarda birinchi navbatda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan ustuvor 
yo‘nalishlarni belgilab olish imkoniyatini istisno qilmaydi, albatta. Mana shu 
ustuvor yo‘nalishlar davlatning asosiy faoliyat yo‘nalishlariga aylanadi. 
Hokimiyatlar taqsimlanishi prinsipini mezonlar jumlasiga kiritish va ush-
bu prinsip asosida davlat funksiyalarini tasniflash mumkin. Bunda funksiya-
lar tegishincha 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling