Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlatning ichki funksiyalari 3-§. 110 Odilqoriyev X.T.
Iqtisodiy funksiya davlat tomonidan mamlakat iqtisodiyotini eng
maqbul sharoitda rivojlantirishning strategik yo‘nalishlari ishlab chiqilishi va muvofiqlashtirilishida o‘z ifodasini topadi. Bozor iqtisodiyoti munosabatlari sha- roitida amal qiluvchi huquqiy davlatda iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish ma’muriy usullar vositasida emas, asosan iqtisodiy uslublarda amalga oshiriladi. Bunday davlat uchun mulkdorning erkinlik va mustaqillik huquqi xos bo‘lib, bu huquqlar ijtimoiy boyliklarni, (moddiy ne’matlarni) yaratuvchi- larning ham, ularni iste’mol qiluvchilarning ham bir xilda tengligi va mustaqil- ligini ta’minlaydi. Davlat tomonidan tartibga solishning ikki asosiy iqtisodiy uslubi mavjud: 1) muayyan va birmuncha qattiq soliq siyosati, bunday siyosat davlatga o‘z oldida turgan ijtimoiy vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish, shuningdek jami- yat ishlab chiqaruvchi kuchlarini yanada mutanosib rivojlantirish maqsadida milliy daromadning muayyan qismini qayta taqsimlash imkonini beradi; 2) iqtisodiyotning butun jamiyat uchun eng ko‘p foyda ko‘riladigan ustu- vor tarmoqlarini rivojlantirish orqali xo‘jalik yuritish uchun eng ma’qul shart- sharoitlarni yaratish. Mustaqillik qo‘lga kiritilganidan keyin O‘zbekiston Respublikasida soliq solishning sekin-asta bir modelidan ikkinchisiga o‘tildi. 2008-yilning 1-yan- varidan e’tiboran yangi, ancha liberallashtirilgan Soliq kodeksining amalga kiritilganligi fikrimizga dalildir. Davlatning ichki funksiyalari 3-§. 110 Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi Hozirgi zamon demokratik davlatining iqtisodiy faoliyati quyidagi yo‘nalishlarga ega: A. Butun jamiyat iqtisodiy hayotiga davlatning ta’siri. Bunday ta’sir davlat tomonidan budjetning shakllantirilishi va budjet sarf-xarajatlari ustidan nazoratning amalga oshirilishi, mamlakat miqyosida iqtisodiy rivojlanish dastur- lari ishlab chiqilishi, sanoat va ilmiy tadqiqot dasturlarining moliyalashtirilishi hamda ishlab chiqarishni rag‘batlantirish uchun moddiy boyliklar yaratuvchi- larga subsidiyalar berishda o‘z ifodasini topadi. Iqtisodiy jarayonlarning davlat tomonidan tartibga solinishida davlat hokimiyatining yuqori va mahalliy or- ganlari, shuningdek ixtisoslashtirilgan muassasalar ishtirok etadi. Mahalliy davlat organlari ham iqtisodiyotga rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Ular mahalliy budjet uchun ko‘proq mablag‘ olish maqsadida o‘ziga qarashli hududda kapital oqimi va biznesni rivojlantirishni ta’minlaydi. Mahalliy hokimiyat organlari tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, o‘z hududlariga yangi kom- paniyalarni jalb etish orqali infratuzilmani rivojlantiradilar, ishsizlik muammo- sini hal etadilar. Bunday vazifalarni amalga oshirish uchun soliqlar va mahalliy yig‘imlar mexanizmidan foydalaniladi, qurilish uchun yer maydonlari ajratiladi, yangi ishlab chiqaruvchilarni moliyalashtirish uchun obligatsiyalar chiqariladi. Davlatning iqtisodiy funksiyasi asosan tartibga solish, rag‘batlantirish, tavsiyalar berish kabi harakatlardan iboratdir, biroq bu boradagi faoliyat uchun taqsimlash yoki taqiqlash mexanizmlarini ishlab chiqish mutlaqo yotdir. Davlatning iqtisodiy faoliyati iqtisodiyotning davlat sektorida (davlat korxonalari, muassasalari va idoralarida) bevosita xo‘jalik rahbarligining amalga oshirishda ham o‘z ifodasini topadi. Bu o‘rinda davlatning o‘zi ishlab chiqarish vositalarining mulkdori, moddiy boyliklar va xizmatlarni yaratuvchi sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Iqtisodiyotning ushbu sektorida tarkib topadigan iqtisodiy munosabatlarga davlat tomonidan ta’sir ko‘rsatish uslublari mamlakatda iqti- sodiy jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solishning umumiy uslublaridan jiddiy farq qilmaydi. B. Moliyaviy nazorat funksiyasi ishlab chiqaruvchilarning daromad- lari davlat tomonidan aniqlanishi va hisobga olinishida o‘z ifodasini topadi. Qonunga binoan bunday daromadlarning muayyan qismi ijtimoiy va boshqa umumdavlat ehtiyojlarini qondirish uchun davlat budjetiga soliqlar tarzida yo‘naltiriladi. Davlat soliqlarning to‘g‘ri sarf qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. Daromadlar va xarajatlar ustidan oliy darajadagi moliyaviy nazorat O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Prezidenti huzuridagi Hisob palatasi vakolatiga kiradi. Joylarda ushbu vazifalarni mahalliy davlat hokimiyati or- ganlari bajaradilar. Moliya vazirligi bunday nazoratni amalga oshirishda zarur huquqlarga ega. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling