Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
Davlat
funksiyalari: muammolar va istiqbol 4-§. 118 Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi Yuqorida bayon etilganlar munosabati bilan davlat vazifalarini mavjud tamoyillar o‘zanida rivojlantirishning taxmin qilinayotgan ayrim jihatlarini ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq. Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, davlat funk- siyalari o‘zgarishiga nafaqat davlatning o‘zidagi, balki davlat amal qilishining shart-sharoitlaridagi o‘zgarishlar, ya’ni tashqi shart-sharoitlar, davlat «yashab turgan», amal qilayotgan tashqi muhitning o‘zgarishlari ham ta’sir ko‘rsatadi. Davlat funksiyalarining rivojlanish tendensiyalari bu vazifalar ham davlatning mohiyati va rasmiy tavsifining ta’siri ostidagi, ham o‘zgarib borayotgan tashqi muhit ta’siri ostidagi rivojlanishi va o‘zgarishini o‘z ichiga oladi. Bunda har ikki jarayon ham nisbatan mustaqil deb tavsiflansa-da, bir-biri bilan chambar- chas bog‘liq ekanligini hisobga olish lozim. Eng avvalo, davlat funksiyasiga butun fan-texnika taraqqiyoti intellek- tual rivojlanish muayyan ta’sir ko‘rsatadi. Boz ustiga hozirgi barcha davlatlar- ning funksiyasiga XXI asrdagi fan-texnika yutuqlari o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda. Ta’kidlash joizki, bunday ta’sir ikki tomonlama bo‘ladi. Bir tomondan, ta’lim va fanni, ayniqsa fundamental fanni qo‘llab-quvvatlash, uning natijalaridan foydalanish, jamiyatning intellektual salohiyatini rivojlantirish va boyitish kabi davlat faoliyatining hayotiy muhim yo‘nalishi birinchi o‘ringa chiqadi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ro‘yobga chiqarishda erishilgan muvaffaqiyatlarni hisobga olgan holda hozirgi vaqtda davlatimizning ta’lim sohasidagi funksiyasi mustaqil funksiya sifatida ajratilgan. Boshqa tomondan esa, hozirgi zamonda fan-texnika sohasida nazoratdan tashqari paydo bo‘ladigan yutuqlar va ular- dan foydalanish tufayli paydo bo‘ladigan xavfni cheklash taqozo etiladi. Bu, ayniqsa, yadroviy texnologiyalar, genetika, tibbiyot biologiyasi va boshqa shu kabilarga taalluqlidir. Fan sohasida davlat tomonidan intellektual mulkni qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish, ya’ni ilmiy faoliyatni samarali olib borish uchun shart-sharoitlar yaratish, ilmiy ishlar natijalari ularning yaratuvchilariga tegishliligini muho- faza qilish, ushbu mehnatning adolatli baholanishini ta’minlash va ana shu natijalardan foydalanganlik uchun munosib taqdirlash kabi faoliyatning yangi sohalari paydo bo‘lmoqda. Fan-texnika taraqqiyotining, ayniqsa genetika, tib- biyot biologiyasi va boshqa shu kabi yangi sohalardagi taraqqiyotning zararli oqibatlarini cheklash borasidagi davlat faoliyati ham muhimdir. Yangi ilmiy yo‘nalish, ya’ni inson organlarini transplantansiya qilish, jinsni o‘zgartirish, sun’iy homila bilan bog‘liq bioetika shakllanmoqda, evtanaziya muammolari yuzaga kelmoqda. Bu sohaga davlatning nazorat qilish va tartibga solish tar- zida aralashmasligining iloji yo‘q. Ekologik omil ham davlat funksiyasining evolyutsiyasiga muayyan ta’sir ko‘rsatmoqda. Ushbu ta’sirning mohiyati shundaki, agar hozirgi zamonda har |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling