Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

115
V bob.
 Davlatning
funksiyalari
Davlatlarning siyosat sohasidagi hamkorligi, eng avvalo, tinchlik va urush 
masalalarida namoyon bo‘ladi. Jahon hamjamiyati taraqqiyotining hozir-
gi darajasi davlatlarga global qurolli to‘qnashuvlarni chetlab o‘tish imkonini 
beradi. Davlatlar o‘rtasidagi siyosiy hamkorlik davlat hokimiyatining barcha 
bo‘g‘inlari – parlamentlararo, hukumatlararo, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish 
organlari darajasida amalga oshirilmoqda. 
1991-yilda paydo bo‘lgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) aso-
san iqtisodiy hamkorlik prinsiplari negiziga qurilgan. Uning doirasida siyo-
siy, ijtimoiy, madaniy va boshqa sohalarda davlatlararo hamkorlik yo‘lga 
qo‘yilgan. 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti hozirgi davlatlarning siyosiy manfaatlarini 
uyg‘unlashtiruvchi asosiy xalqaro organdir. Nizolarni, shu jumladan, harbiy 
nizolarni siyosiy yo‘l bilan bartaraf etish masalalari BMTning doimiy 
organi – Xavfsizlik Kengashining diqqat markazida turadi. Ushbu Kengash 
xalqaro tinchlikni saqlash va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, davlatlararo muno-
sabatlarning turli-tuman sohalarida hamkorlikni rivojlantirish borasida keng 
vakolatlarga ega.
Madaniyat va fan-texnika sohasidagi hamkorlik turli shakllarda hamda 
turli davlatlararo darajalarda amalga oshiriladi. Birlashgan Millatlar Tashkilotida 
bunday hamkorlik Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha ixtisoslashtiril-
gan muassasalar (YUNЕSKO), Atom energetikasi bo‘yicha xalqaro agentlik 
(MAGATE) va boshqalar tomonidan muvofiqlashtirib boriladi. Madaniy va fan-
texnika hamkorligining muayyan masalalari esa, davlatlar o‘rtasidagi ikki to-
monlama yoki ko‘p tomonlama shartnomalar asosida hal etiladi.
Xalqaro va fan-texnika sohasidagi hamkorlik doirasida ilmiy axborot
san’at asarlari, musiqa va sahna madaniyati yutuqlarini ayirboshlash, birga-
likda mutaxassislar tayyorlash, fan va madaniyat muammolari bo‘yicha turli 
festivallar, konferensiyalar o‘tkazish, olimlar, fan va madaniyat arboblari, sport-
chilar o‘rtasida bevosita aloqalar o‘rnatish amalga oshiriladi. 
Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlik ko‘pchilik davlatlarning 
sayyoramizda mo‘tadil ekologik vaziyatni asrab qolish borasidagi say’-harakat-
larini birlashtiradi. Ushbu faoliyat barcha masalalarni qamrab olib, insoniyat 
hayotining davom etishi va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan ekologik shart-
sharoitlarni yaratishga qaratilgan. Bu boradagi ishlar BMTning ixtisoslashtiril-
gan muassasalari tomonidan ham, mintaqaviy va boshqa davlatlararo organlar 
tomonidan ham amalga oshirilmoqda. Atrof-muhitni muhofaza qilish uchun 
davlatlarning kosmonavtika, tibbiyot, biologiya, elektronika sohalarida erish-
gan eng yangi yutuqlaridan foydalanilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi – Shanxay Hamkorlik Tashkilotining faol a’zosi.



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling