Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
117
V bob. Davlatning funksiyalari dan professional darajada foydalanishi, yuksak jangovar qobiliyat va tayyor- garlikka ega bo‘lishi, qonuniylik va xalqaro huquq qoidalari doirasida harakat qilishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi. Davlat chegaralarini qo‘riqlash. Ushbu faoliyat chegara qo‘shinlari va boshqa maxsus bo‘linmalar tomonidan amalga oshirilib, davlat qonunlari bilan belgilangan chegara rejimini ta’minlashga qaratilgandir. Fuqaro mudofaasini tashkil etish. Davlat ehtimol tutilgan tashqi hu- jumga qarshi kurash va urush vaqtida mamlakat iqtisodiyoti barqaror amal qilishini ta’minlash maqsadida tinchlik maqsadini ko‘zlab, bir qator mudofaa tadbirlari o‘tkazadi. Ushbu faoliyat ommaviy qirg‘in quroli bilan zarba berili- shi ehtimol tutilgan aholi punktlaridan odamlarni ko‘chirishni nazarda tutadi. Bu ish maxsus himoya inshootlari barpo etish, qutqaruv va tiklash ishlarini o‘tkazish bilan bog‘liqdir. Qurolli Kuchlar zahirasiga harbiy ta’lim berish. Ko‘pgina mamlakat- larda harbiy hisobda turgan shaxslarni harbiy jihatdan vaqti-vaqti bilan qay- ta tayyorlash tashkil etiladi. Bu davlatlararo harbiy nizolar kelib chiqqan taqdirda qurolli kuchlarni tezda safarbar etish va ularning o‘rnini malakali shaxsiy tarkib bilan to‘ldirish imkonini beradi. Bizning davlatimiz ham nohar- biy tayyorgarlikni tashkil etadi, bu jarayon o‘rta va oliy yurtlarida amalga oshiriladi. Hozirgi sharoitda davlat funksiyalarini ichki va tashqi funksiyalarga ajratish ma’lum darajada o‘z ahamiyatini yo‘qotmoqda, chun- ki ko‘pgina ichki funksiyalar tashqi funksiya- lar tusini kasb etmoqda (masalan, davlat faoli- yatining ekologik yo‘nalishi) yoki aksincha. Zamonaviy davlatning ekologiya, demografiya (nufus), xom ashyo, kos- mos sohalaridagi, axborot texnologiyasini yaratish va undan foydalanish, inson huquq va erkinliklarini himoya qilish borasidagi hamda butun taraqqiyotga daxldor bo‘lgan boshqa global sohalardagi faoliyatini tasdiqlovchi global funk- siyalarni ajratish alohida ahamiyat kasb etmoqda. Masalan, hozir davlatning muayyan vazifalarini markazdan joylarga berish to‘g‘risidagi masalani hal etish alohida muammo bo‘lib, uning bir necha jihatlari mavjud. «Kuchli davlatdan – kuchli jamiyat sari» deb e’lon qilingan va amalda ro‘yobga chiqarilayotgan dastur davlatning bir qator vazifalarini no- davlat tashkilotlarga, masalan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga berishni taqozo etadi. Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling