Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
Odilqoriyev X.T.
Davlat va huquq nazariyasi Hokimiyat vakolatlariga ega bo‘lgan davlat organlari ichki tuzilishining mavjudligi. Davlat mexanizmining bir me’yorda ishlashini ta’minlash maqsadida davlat organlari, davlat muassasalari va davlat tashkilot- lari birgalikda faoliyat yuritadi va o‘z navbatida, ular ichki tarkibiy tuzilishiga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Davlat organlari – davlat funksiyalarini amalga oshirishda hokimi- yat vakolatiga ega bo‘lgan davlat mexanizmining asosiy bo‘g‘ini. Masalan, prokuratura, sud, ichki ishlar organlari va boshqalar hokimiyat vakolatiga ega bo‘lgan davlat organlaridir. Davlat tashkilotlari – bevosita ishlab chiqarish hamda ta’minot bilan shug‘ullanuvchi davlat idorasi hisoblanib, davlat uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan funksiyalarni bajaradi. Mazkur tashkilotlarning asosiy qismini davlat o‘z monopoliyasida qoldiradi. Metro, tramvay, trolleybus, elektr energi- yasi tarmog‘ini boshqarish, aloqa tizimi shular jumlasidandir. Davlat muassasalari – davlat organlari kabi hokimiyat vakolatiga ega bo‘lmagan, davlatning oldida turgan umumijtimoiy vazifalarni ba- jaruvchi idoralardir, masalan, kasalxonalar, maorif, teatr va boshqalar. Ushbu muassasalar hokimiyat vakolatiga ega bo‘lmasa-da, lekin jamiyat oldida turgan ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan muhim vazifalarni baja- radilar. Yuridik adabiyotlarda «davlat apparati» va «davlat mexanizmi» degan tushunchalar ko‘p uchraydi. Bu tushunchalar asosan bir xil ma’no va maz- munga ega. Lekin «davlat mexanizmi» kengroq tushuncha bo‘lib, unga davlat organlaridan tashqari, davlat apparati ishini tashkil qiluvchi va unga yordam beruvchi bo‘limlar, muassasalar ham kiradi. Ularga tayanib, davlat apparati o‘z faoliyati – davlat funksiyalarini amalga oshiradi. Masalan, O‘zbekiston Respub- likasi Ichki ishlar vazirligini davlat organi deb olsak, Ichki ishlar vazirligining oliy o‘quv yurtlari, tibbiyot, moliya-iqtisod boshqarmalari va shunga o‘xshash vazirlik faoliyatini tashkil qilishga yordam beradigan tashkilotlar uning muas- sasalari hisoblanadi. Davlat hokimiyatini amalga oshirish jarayoni nuqtayi nazaridan «davlat mexanizmi» atamasini qo‘llash maqbulroqdir. Zero, «mexanizm» iborasi boy mazmunga ega bo‘lib, bunda hodisaning funksional jihati, harakatlanish ho- lati aks etadi. Shunga ko‘ra, agar «davlat apparati» iborasi orqali davlatning strukturasi, tarkibiy tuzilishi izohlansa, «davlat mexanizmi» iborasi ko‘magida davlat idoralari tizimining funksional jihati (xususiyatlari) tavsiflanadi. Yanada aniqroq aytadigan bo‘lsak, «davlat mexanizmi» atamasi davlat hokimiyatini amalga oshirish mexanizmini yoki davlatning harakatlanish mexanizmini anglatadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling