Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

125
VI bob.
 Davlat mеxanizmi
(apparati)
Davlat mexanizmi(apparati)ning tash-
kil etilishi va faoliyat yuritishi muayyan rah-
bariy g‘oyalar, qoidalar, ya’ni prinsiplar asosi-
da amalga oshiriladi. Davlat mexanizmining 
prinsiplari ularning to‘g‘ri faoliyat yuritishida 
yo‘llanma beruvchi vazifani o‘taydi. Shuningdek, mazkur prinsiplar davlat ap-
paratining harakat doirasi va mezonini belgilab beradi.
Davlat mexanizmi faoliyati va uni tashkil etishning asosiy prinsiplari:
Hokimiyat vakolatlarining taqsimlanishi prinsipi. Qonun chiqaruvchi
ijro etuvchi va sud hokimiyati – davlat hokimiyatining uch asosiy tarmog‘idir.
Davlat mexanizmini qurish muayyan obyektiv tamoyillar asosida amalga 
oshadi, bu esa jamiyatni davlat tomonidan idora etishning samaradorligini 
ta’minlash kafolati hisoblanadi. Qonun chiqarish va ijro etish vakolatlari ayni 
bir shaxs qo‘lida yoki ayni bir idora ixtiyorida jamlangan bo‘lsa, erkinlik mavjud 
bo‘lmaydi, zero, monarx yoki senat noto‘g‘ri qonunlar qabul qilishi va ulardan 
johillarcha foydalanishi mumkin.
Hokimiyatlar taqsimlanishining yuridik ma’nosi buyuk fransuz 
ma’rifatparvari Sh.L. Monteskyening «Qonunlar ruhi haqida» asarida shunday 
izohlangan: adolatli qurilgan davlatda hokimiyat yagona emas, balki aksincha, 
bir-biriga tobe bo‘lmagan uchta hokimiyat: qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va 
sud hokimiyati mavjud bo‘lishi shart. Ularning har qanday ko‘rinishda biron-bir 
organ yoki shaxs qo‘lida mujassamlanishi umumiy manfaatlarga putur yetka-
zadi, suiiste’molliklarga olib keladi va shaxsning siyosiy erkinligi bilan aslo 
kelishmaydi. Qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlarning bir qo‘lda 
birlashtirilishi qonunning ustun bo‘lishiga zarar yetkazadi, bordi-yu, sudyalar 
faqat sudlov bilan mashg‘ul bo‘lmay, qonun yaratish ishi bilan shug‘ullansalar, 
u holda insonlar hayoti nohaqlik qurboniga aylanishi mumkin
1
.
Hokimiyatlar taqsimlanishi uch jihat yoki uch darajada: 
funksional, in-
stitutsiyaviy va shaxsiy darajada namoyon bo‘ladi. 
Hokimiyatning funksional bo‘linishi. Erkinlikni ta’minlash uchun 
majburlash (kuch ishlatish) to‘g‘risidagi qarorni qabul qilish funksiyasini davlat 
majburlovini amalga oshirish funksiyasidan farqlay bilish kerak. Qonun chiqa-
ruvchi hokimiyat kuch ishlatish qoidalarini o‘rnatadi, sud hokimiyati kuch ish-
latishning aniq choralariga yo‘l qo‘yadi yoki ular yuzasidan farmoyish beradi. 
Shuning uchun ham ushbu hokimiyat tarmoqlarining har biri davlat majbur-
lovini alohida amalga oshirmasligi kerak. Ijro etuvchi hokimiyat aynan shun-
day kuchga ega, lekin u ham o‘z navbatida kuch ishlatish bo‘yicha normativ 

Монтескье Ш.Л. Избранные произведения. – М., 1955. – 290-bet.

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling