Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
128
Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi liy davlat hokimiyati organlari uchun majburiy ahamiyatga ega. Shuningdek, tuman hokimi chiqargan qarorni viloyat hokimi, viloyat hokimining qarorini Prezident va Bosh vazir bekor qilishga haqli. Oshkoralik prinsipi. Davlat mexanizmi (apparati)ga kiruvchi organlar o‘z faoliyatini oshkoralik tamoyili asosida amalga oshiradilar. Qonun chiqaruvchi organ – parlament faoliyati jarayonida qabul qilinayotgan qonunlar loyihasini yoki qabul qilgan qonunlar matnini ommaviy axborot vositalari orqali xalqqa e’lon qilinishi hamda xalqning qonunlardan xabardor etilishi oshkoralikning ifodasidir. Shuningdek, ijro etuvchi hokimiyat tomonidan qabul qilingan farmoyish va qarorlarning to‘plamlarda chop etilishi hamda sud organlari to- monidan chiqarilgan hukmlar (davlat va oila siri bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar bundan mustasno) va qarorlar haqida ma’lumotlar bilan ham xalqning tanishishi uchun ochiq bo‘lishi ham oshkoralik belgisidir. Oshkoralik davlat mexanizmi (apparati) faoliyatining asosiy mezoni bo‘lishi lozim. Shuningdek, ommaviy axborot vositalari davlat apparati faoliyati haqidagi kundalik axborot- ni doimiy ravishda e’lon qilib turishi, xalqning jamiyatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy islohotlardan xabardor bo‘lib turishi maqsadga muvofiq sanaladi. Ayni vaqtda, davlatimiz rahbari Sh. Mirziyoyev ta’kidlaganidek, «Omma- viy axborot vositalari aholining talab va ehtiyojlarini hokimiyat idoralariga yet- kazishning muhim va ta’sirchan vositasiga, xalqning eng yaqin ko‘makchisi va hamdardiga, demokratiya ko‘zgusiga aylanishi zarur. Hokimiyat va boshqaruv organlari faoliyatiga tanqidiy va xolis baho berish, turli sohalardagi kamchiliklar, dolzarb muammolarni dadil ko‘tarib chiqish ular faoliyatida asosiy mezon bo‘lishi kerak 1 . Qonuniylik prinsipi. Davlat mexanizmi (apparati)ning tashkil etilishi qo- nun yo‘li bilan amalga oshiriladi. Davlat apparatining asosiy bo‘g‘ini bo‘lgan qonun chiqaruvchi organ – Oliy Majlis, ijro etuvchi organ – Vazirlar Mahka- masi va sud organlari – Oliy sud va Konstitutsiyaviy sud to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining tegishli qonunlari qabul qilingan. Mamlakatimizdagi barcha davlat organlari qonun asosida tashkil etilib, qonun asosida faoliyat yuritadi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga ko‘ra, davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar. O‘zbekiston Respublikasida qonundan tashqari, nooshkora, maxfiy va harbiy tashkilotlar tuzish taqiqlangan. Shuningdek, davlat organlari o‘z faoliyatini qonun asosida amalga oshirishi shart. Har qanday davlat organlari- ning qonunlarda belgilab qo‘yilgan vakolatlardan chetga chiqishi mumkin emas. 1 Mirziyoyev Sh. Konstitutsiya – erkin va farovon hayotimiz, mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirishning mustahkam poydevori. /Xalq so‘zi, 2017-yil 8-dekabr. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling