131
VI bob.
Davlat mеxanizmi
(apparati)
ganlari vazirlik va davlat qo‘mitalaridan iborat; vazirlik (qo‘mita)
tarkibi esa,
bosh boshqarma,
boshqarmalar, bo‘lim, bo‘linmalar tarzida tashkil etiladi. Ma-
salan, Adliya vazirligida Qonunchilik bosh boshqarmasi,
Ichki ishlar vazirligida
Tergov bosh boshqarmasi, Jinoyat qidiruv bosh
boshqarmasi va boshqa tuzil-
malar mavjud.
Hududiy faoliyat miqyosiga egaligi. O‘zbekiston Respublikasi markaziy
davlat organlarining faoliyat ko‘lami butun O‘zbekiston hududini qamrab oladi,
mahalliy davlat organlarining faoliyati esa, faqatgina tegishli viloyat, shahar,
tuman hududi miqyosida amalga oshiriladi.
Qonun vositasida tashkil etiladi. O‘zbekiston Respublikasida barcha
davlat organlari qonun yo‘li bilan tashkil etiladi
va tegishli qonunlarda bel-
gilab qo‘yilgan tartib hamda vakolatlar asosida faoliyat yuritadi. O‘zbekiston
Respublikasida noqonuniy tashkilotlar tuzish qat’iyan man etiladi. Davlatimiz
Asosiy qonunining 57-moddasida quyidagilar ta’kidlangan: Konstitutsiyaviy tu-
zumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishni maqsad qilib qo‘yuvchi, respublikaning su-
vereniteti,
yaxlitligi va xavfsizligiga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va
erkinliklariga qarshi chiquvchi, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni
targ‘ib qiluvchi, xalqning sog‘lig‘i va ma’naviyatiga tajovuz qiluvchi, shuning-
dek harbiylashtirilgan birlashmalarning, milliy va diniy ruhdagi siyosiy par-
tiyalarning hamda jamoat birlashmalarining tuzilishi va faoliyati taqiqlanadi.
Maxfiy jamiyatlar va uyushmalar tuzish qat’iyan man qilinadi.
Davlat organlarining turlari. Davlat organlari xilma-xil bo‘lib, ular
turli vazifa va funksiyalarni amalga oshiradi. Ular
faoliyati mazmuni va me-
zonlariga ko‘ra turlicha tasniflanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: