Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

129
VI bob.
 Davlat mеxanizmi
(apparati)
Professionalizm prinsipi. Davlat apparati xizmatchilari o‘z sohalarining 
yetuk mutaxassislari bo‘lib, ular maxsus malaka va bilimga, yetarli tajriba va 
amaliy uquvga ega bo‘lgan xodimlar hisoblanadi. Davlat apparatida xizmat 
qilayotgan xodimlar dastlab mazkur soha bo‘yicha quyi organlarda xizmat qil-
gan, ushbu sohada boy tajribaga ega bo‘lgan mutaxassis xodim bo‘lishi shart.
Kollegiallik va yakkaboshchilikning birgaligi prinsipi. Davlat appa-
rati organlari o‘z faoliyatini kollegiallik va yakkaboshchilik asosida amalga 
oshiradilar. Kollegiallik jamoaviy boshqaruv hisoblanib, Oliy Majlis quyi pala-
tasi deputatlari va yuqori palatasi senatorlarining xizmat faoliyatida yaqqol 
ko‘rinadi. Chunki ushbu organlar bamaslahat, muhokama tarzida bir-biri bilan 
hamkorlikda masalalarni hal etadilar. Masalan, Oliy Majlis qonun qabul qilish-
da bahamjihat ish tutadi. Yakkahokimlik yoki yakkaboshchilik prinsipida esa, 
masala kollegiallikka o‘xshash umum irodasining ro‘yobga chiqishi bilan emas, 
balki xizmat sohasi yoki bo‘lim boshlig‘ining yakdil fikri asosida hal qilinadi. 
Masalan, Bojxona qo‘mitasi raisining tegishli masala yuzasidan yakka tartibda 
buyruq chiqarishi, Vazirning buyrug‘i va hokazo.
Saylanish va tayinlanishning uyg‘unligi. Davlat mexanizmi (appa-
rati)ning tashkil etilishi saylanish va tayinlanish orqali amalga oshiriladi. 
O‘zbekiston Respublikasida oliy vakillik organlari Qonunchilik palatasi depu-
tatlarining barchasi, Senat a’zolarining aksariyat qismi, Oliy sud organlarining rais 
va o‘rinbosarlari saylash orqali tegishli vakolatga ega bo‘ladilar. Ijro etuvchi or-
ganlarning barchasi tayinlash tartibida shakllantiriladi. Masalan, O‘zbekiston 
Respublikasining Prezidenti vazirlar va hokimlarni lavozimiga tayinlaydi va 
lavozimidan ozod etadi.
Davlat mexanizmi (apparati)ga kiruvchi organlar yuqorida qayd etib 
o‘tilgan prinsiplar asosida tashkil etiladi hamda ular o‘z faoliyatini mazkur 
prinsiplar asosida amalga oshiradilar.
Davlat mexanizmi bilan davlat funksiyalarining uzviy aloqadorligi davlat 
mexanizmi (apparati) ni tarkibiy-funksional tahlil etish imkonini beradi. Tarkibiy-
funksional yondashuv umumiy tizimli tahlil uslubining muhim yo‘nalishlaridan 
biri bo‘lib, davlatning tarkibi va funksiyalarini uzviy bog‘liqlikda o‘rganishga 
ko‘maklashadi. Shunga ko‘ra, davlat mexanizmining tuzilishi u bajaradigan 
vazifa va funksiyalar samaradorligi nuqtayi nazaridan baholanadi.
Hozirgi O‘zbekiston davlati mexanizmining tarkibiy-funksional tahlili 
unga kiruvchi tarkibiy qismlarning, ya’ni davlat organlarining roli va o‘rnini 
aniq tasavvur etishni anglatadi. Davlat organlarining Konstitutsiya va qonun-
larda belgilangan maqomi (tarkibiy yondashuv) ularning zimmalaridagi davlat 
funksiyalarini bajarish jarayoni va xususiyatlari bilan uyg‘un tarzda (funk-
sional yondashuv) tahlil etiladi.
9–18-8



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling