Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

130
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
Davlat mexanizmining dastlabki va eng 
muhim tarkibiy elementi 
davlat organidir.
Davlat organi — davlat funksiyala-
rini bajarishda qatnashuvchi va buning uchun 
tegishli hokimiyat vakolatlariga ega bo‘lgan davlat mexanizmining bo‘g‘inidir.
Davlat organlari bevosita davlat funksiyalarini amalga oshirishga qaratil-
gan, o‘zaro bog‘liq va nisbiy mustaqil bo‘lgan qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi 
va sudlov organlari (tashkiliy tuzilmalar)ning hamkorlikda faoliyat yurituvchi 
yagona tizimidir. Mazkur organlar davlati apparatining bir qismi hisoblanib, 
davlat funksiyasini amalga oshiruvchi ma’lum davlat hokimiyati vakolatlariga 
ega bo‘lgan, bajarilishi majburiy huquqiy hujjatlar chiqaradigan, ma’lum tar-
tibda tashkil etilgan idoralardir. Davlat organlari tuzilishi jihatidan alohida 
va mustaqil tashkilot ekanligi, doimiy personallar – davlat xizmatchilarining 
mavjudligi, faoliyatining moddiy-moliyaviy jihatdan barqaror ta’minlanganligi 
bilan ajralib turadi.
Davlat organlarining belgilari quyidagilardan iborat:
Operativ boshqaruvda bo‘lgan ommaviy mulkka ega va budjet to-
monidan moliyalashtiriladi. Davlat organlari o‘z vakolatini amalga oshirish 
uchun moddiy mablag‘ bilan ta’minlanadi. Shuningdek, moliyaviy qimmat-
liklar, bankdagi hisob raqami, budjet hisobidan moliyalanish manbayiga ega 
bo‘lishi shular jumlasidandir. Masalan, barcha vazirliklar o‘zining bank-
dagi shaxsiy hisob raqamiga ega hamda tegishli davlat xizmatchilariga 
maosh to‘lash, ularning xizmat faoliyati uchun zarur texnik vositalar va 
boshqa jihozlar sotib olish uchun davlat budjetidan doimiy ravishda moli-
yaviy mablag‘lar ajratiladi.
Davlat nomidan muayyan sohada uning vazifa va funksiyalarini 
amalga oshiradi. Davlat organlari jamiyat hayotining turli sohalarida faoli-
yat yuritadi. Jumladan, davlatdagi huquqiy tartibotni ta’minlash sohasini Ichki 
ishlar vazirligi, prokuratura organlari amalga oshirsa, davlatning tashqi funk-
siyalarini Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, mamlakat 
mudofaasini esa, Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va boshqa organ-
lar amalga oshiradi.
Hokimiyat vakolatlariga egaligi. Davlat organlari muayyan hokimiyat 
vakolatlariga egaligi bilan boshqa davlat muassasalari va tashkilotlaridan farq 
qiladi. Davlat organlari ishontirish va majburlash usullaridan foydalangan hol-
da qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlaydilar. Davlat 
tashkilotlari va muassasalari esa, bu kabi hokimiyat vakolatlariga ega emas.
Tarkibiy tuzilishga egaligi. Davlat organlari xizmat turlari va tarkibiy 
miqdoriga ko‘ra muayyan tuzilishga ega. Masalan, ijro etuvchi hokimiyat or-

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling