Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

Vakolat muddatiga ko‘ra: doimiy va vaqtinchalik davlat organlari. 
Doimiy organlar – faoliyat muddati cheklanmagan, doimiy faoliyat olib 
boruvchi davlat organlari. O‘zbekiston Respublikasidagi huquqni muhofaza 
qiluvchi organlarni doimiy faoliyat olib boruvchi organlar sifatida ko‘rsatish 
mumkin. Masalan, prokuratura, ichki ishlar, soliq, bojxona organlari va 
boshqalar.
Vaqtichalik organlar – jamiyat oldida turgan biron-bir muhim vazifani 
muayyan muddat davomida amalga oshiruvchi va mazkur ishlar yakun topi-
shi bilan o‘z faoliyatini to‘xtatuvchi organlar hisoblanadi. Masalan, turli xil 
tabiiy ofatlar yuz berganda yoki ommaviy tartibsizliklar yuzaga kelganda dav-
lat tomonidan ushbu xavfni bartaraf etish bo‘yicha Hukumat komissiyasi yoki 
«operativ shtab» tashkil etiladi. Mazkur komissiya yoki operativ shtab yuzaga 
kelgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha muayyan muddat davomida 
faoliyat yuritadi.


138
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
Shakllanish manbayiga ko‘ra: birlamchi va ikkilamchi davlat organlari.
Birlamchi davlat organlari – xalq tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylash 
yo‘li bilan tashkil etiladigan organlar. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
Qonunchilik palatasi va Senati (qisman) saylash yo‘li bilan tashkil etiladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ham xalq tomonidan saylanadi. O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi va Oliy sudining raislari va sudyalari Senat 
tomonidan saylanadi.
Ikkilamchi davlat organlari – xalq tomonidan saylangan, tashkil etil-
gan yoki shaxslar tomonidan shakllantiriladigan davlat organlari. Masalan, 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xalq saylagan Prezident va Oliy 
Majlis tomonidan shakllantiriladi. Vazirliklar va davlat qo‘mitalari Vazirlar 
Mahkamasining taqdimiga binoan Prezident tomonidan tashkil etiladi. Prezi-
dentning bu xususdagi farmonlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi pala-
talarining tasdig‘iga kiritiladi.

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling