Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

135
VI bob.
 Davlat mеxanizmi
(apparati)
birlari to‘g‘risida»gi Farmoni qabul qilindi. Farmonda quyidagilar ta’kidlandi: 
Sudlar tizimining amaldagi tuzilmasi va shtat birligi xizmat vazifalarini oqilo-
na taqsimlash imkonini bermayapti, bu esa ularni zamon talablarini inobatga 
olgan holda takomillashtirish va maqbullashtirishni talab etadi.
Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari, erkinliklari, qonuniy 
manfaatlarining ishonchli sud himoyasini ta’minlash, ma’muriy sud ish yuritu-
vini amalga oshirish bo‘yicha konstitutsiyaviy normani, shuningdek aholining 
huquqiy madaniyatini oshirish zarurati ma’muriy sudlar tizimini tashkil etishni 
taqozo etmoqda.
Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudlar faoliyati 
samaradorligi va nufuzini oshirish, sudlar tuzilmasini hamda sudyalik lavozim-
lariga nomzodlarni tanlash va tayinlash tizimini yanada takomillashtirish 
maqsadida:
1. Sudyalar hamjamiyatining organi hisoblanadigan va O‘zbekiston 
Respublikasida sud hokimiyati mustaqilligining konstitutsiyaviy prinsipiga 
rioya etilishini ta’minlashga ko‘maklashadigan O‘zbekiston Respublikasi 
Sudyalar oliy kengashi (keyingi o‘rinlarda – Kengash) tashkil etilsin
1
.
Farmonga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudi 
birlashtirilib, fuqarolik, jinoiy, ma’muriy va iqtisodiy sud ish yurituvi sohasidagi 
sud hokimiyatining yagona oliy organi – O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi 
tashkil etildi. Shuningdek, «O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi 
to‘g‘risida»gi Qonun loyihasini tayyorlab, parlamentga kiritilishi belgilandi. Bu 
Qonun 2017-yil 28-martda qabul qilindi, ya’ni Senat tomonidan ma’qullandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktabrdagi «Sud-
huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli 
himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish to‘g‘risida»gi va yuqorida qayd etilgan 
2017-yil 21-fevraldagi farmonga muvofiq, 2017-yil 28-martda «O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida»gi 
Qonun qabul qilinib, Asosiy qonunning 80, 81, 83, 93, 107, 110, 112-moddalariga 
tegishli tuzatishlar kiritildi
2
. Mazkur konstitutsiyaviy tuzatishlarga muvofiq, 
sud tizimida iqtisodiy va ma’muriy sudlar tuzilishi belgilandi. Konstitutsiya 
111-moddasining yangi tahririda Sudyalar oliy kengashining konstitutsiyaviy 
maqomi aniq mustahkamlab qo‘yildi. U sudyalar hamjamiyatining oliy organi 
hisoblanadi.
Konstitutsiya 93-moddasi birinchi qismi 14-bandining yangi tahririga muvo-
fiq, Prezident Sudyalar oliy kengashining taqdimiga binoan viloyatlar va Toshkent 
shahar sudyalari raislari va rais o‘rinbosarlarini, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy 

Хalq so‘zi, 2017-yil 3-fevral.

Qarang: Хalq so‘zi, 2017-yil 29-mart.



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling