Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

134
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
Ma’muriy islohotlarni amalga oshirishdan asosiy maqsad – ixcham 
va professional ijro organlari tizimini, zamonaviy menejmentga asoslangan 
boshqaruv tizimini yaratishdan iborat
1
.
Sud hokimiyati organlari. Mamlakatda sud hokimiyatining butun faoli-
yati va diqqat-e’tibori ijtimoiy adolatni, huquqiy tartibot va qonun ustuvorligini 
ta’minlashga, fuqarolar hamda yuridik shaxslarning konstitutsiyaviy huquqlari
erkinliklari va qonuniy manfaatlarini muhofaza etishga qaratilgan.
O‘zbekiston Respublikasining 1992-yildagi Konstitutsiyasi hamda 1993-yil 
2-sentabrda qabul qilingan «Sudlar to‘g‘risida»gi Qonuniga binoan O‘zbekiston 
Respublikasining sud tizimi besh yil muddatga saylanadigan O‘zbekiston Respub-
likasi Konstitutsiyaviy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Oliy sudi, 
Qoraqalpog‘iston Respublikasining xo‘jalik sudidan, viloyat sudlari, Toshkent 
shahar sudi, tuman, shahar sudlari, harbiy va xo‘jalik sudlaridan iborat deb 
belgilandi. Mazkur tizim chorak asrlik mustaqil taraqqiyotimiz mobaynida faoliyat 
yuritdi, shakllandi va takomillashib bordi.
2000-yil 14-dekabrda «Sudlar to‘g‘risida»gi qonun yangi tahrirda qabul 
qilindi. Bunda sudlarning ixtisoslashtirilishi o‘z qonuniy ifodasini topdi. Ushbu 
qonunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining oliy sud tuzilmalarining insti-
tutsional qiyofasi saqlangani holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik va 
jinoyat ishlari bo‘yicha oliy sudlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi xo‘jalik sudi, 
fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat va Toshkent shahar sudlari, fuqaro-
lik va jinoyat ishlari bo‘yicha tumanlararo va tuman, shahar sudlari, harbiy va 
xo‘jalik sudlari faoliyat yuritadigan bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasini 2017–2021-yillarda yanada rivojlantirish 
bo‘yicha Harakatlar strategiyasi qabul qilinib
2
, unda sud tizimini tubdan is-
loh etish vazifasi kun tartibiga qo‘yildi. Bundan maqsad sud hokimiyatining 
chinakam mustaqilligini hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli 
himoya qilish kafolatlarini mustahkamlash, ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va 
xo‘jalik qonunchiligini, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzar-
liklarning oldini olish tizimi samarasini oshirish, sud jarayonida tortishuv 
tamoyilini to‘laqonli joriy etish, yuridik yordam va huquqiy xizmatlar sifatini 
tubdan yaxshilash.
Ushbu maqsadga erishishni ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2017-yil 2-fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzil-
masini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tad-
1
Qarang: Xalq so‘zi, 2017-yil 8-dekabr.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha 
Harakatlar strategiyasi to‘g‘risidagi farmoni (2017-yil 7-fevral). – T.: «Аdolat», 2017. – 3–9-betlar.



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling