Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- «ijtimoiy shartnoma»
«xalq suvereniteti» pozitsiyasida turib Monteskyening
hokimiyatlar taqsimlanishi g‘oyasini tanqid qilgan. Russo o‘z davri uchun ilg‘or hisoblangan siyosiy dastur bilan chiqqan. Uning asosida davlat hayotini «aql hukmronligi» va xalq suverenitetini ta’minlovchi «ijtimoiy shartnoma» vosi- tasi orqali demokratik tashkil etish g‘oyasi yotadi. 142 Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi Russo davlat vakolatlari taqsimlanishini, ya’ni davlat organlari o‘rtasida vakolatlar chegaralanishini tan olgan. Russoning ta’biricha, qonun chiqaruvchi hokimiyat – suveren xalq irodasining ifodachisi bo‘lganligi sababli, u (qonun chiqaruvchi) barchaga taalluqli umumiy xususiyatga ega masalalarni tartibga solishi lozim. Ijroiya hokimiyat suveren xalq qarori bilan o‘rnatilganligi bois, u xalqning ishonchli tayanchi va xizmatkori sifatida maydonga chiqadi. Barcha davlat organlarining tengligiga oliy qonun chiqaruvchi hokimiyatni qayta tuzish evaziga erishiladi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni xalqning o‘zi bevosita majlislarda amalga oshiradi (yirik shaharlarda vakillik organlari tuzilishi mumkin). Yuqorida keltirilgan ikki yondashuv elementlarini birlashtirish birinchi marta Amerika Qo‘shma Shtatlarining 1787-yilgi Konstitutsiyasida o‘zining qonuniy ifodasini topgan. Konstitutsiya mualliflari «biz Qo‘shma Shtatlarning xalqi... » degan so‘zlar bilan uning suverenitetini bayon etgan. Davlat organlari (Kongress, Prezident va unga itoat qiluvchi ministrlar, sudlar)ning vakolatla- rini bo‘lib berish orqali esa, «o‘zaro tiyib turish va qarshi ta’sir etish sistemasi» bilan to‘ldirilgan hokimiyatlar taqsimlanishini joriy qilgan. Ko‘pchilik burjua davlatlari, shu jumladan AQSh ham, xalq suvereniteti va undan kelib chiquvchi qonunning oliyligi prinsipi zamirida «hokimiyatlar taqsimlanishi»ni e’tirof etgan. Masalan, AQSh Konstitutsiyasiga binoan, qonun chiqaruvchi hokimiyat Vakillar palatasi va Senatdan iborat Kongressga tegish- li. Ijro etuvchi hokimiyat saylashga vakil qilingan kishilar tomonidan saylanadi. Prezident bir vaqtning o‘zida ham davlat boshlig‘i, ham hukumat boshlig‘i hi- soblanadi. U qonunlarga itoat etishi shart, ammo Kongressga hisob bermaydi. AQShning Oliy sudi nafaqat odil sudlovni amalga oshirish vakolatlariga, balki konstitutsiyaviy nazorat huquqiga ham ega. Buning ma’nosi shuki, Oliy sud qonunlarning va ma’muriy aktlarning konstitutsiya normalariga muvofiqligini tekshiradi va ularni g‘ayrikonstitutsiyaviy deb e’lon qilish hamda prezident yoki kongress aktlarini yuridik kuchga ega emas, deb topish imkoniyatiga ega. Jiddiy siyosiy inqirozlar davrida esa, Amerika Oliy sudi qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar o‘rtasida arbitrlik (hakamlik) rolini bajaradi. Shu yo‘l bilan hokimiyatlar faoliyatini o‘zaro uyg‘unlashtiradi. An’anaga ko‘ra, hokimiyatlarning taqsimlanishi prinsipi AQSh Konstitutsi- yasida o‘zining eng aniq ifodasini topgan deb hisoblanadi. Bunga Amerika davlat qurilishi tajribasidan olingan yuqoridagi misollar ham dalil bo‘la oladi. Ammo ko‘pchilik amerikalik mutaxassislarning o‘zlari e’tirof etganidek, hokimiyatlar taqsimlanishining mohiyati Massachusets shtatining Konstitutsiyasida yanada mukammalroq o‘z talqinini topgan. Unda masalan, shunday deyilgan: «Jami- yatda insonlar emas, balki qonunlar hukmron bo‘lishi uchun uni boshqarishda: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling