Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
144
Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi o‘zgarganligi, umuman, MDH davlatlarida davlat hokimiyati konsepsiyasining qaytadan ko‘rib chiqilganligi haqida borayotir. Hokimiyatlarning oqilona taqsimlanishi – davlat tuzilmalarining sama- rali faoliyat yuritishi, suiiste’molliklarning bartaraf etilishi, inson huquq va erkinliklarining himoya qilinishi, umuman qonunchilikni ta’minlashning garovidir. Shuning uchun ham hokimiyatlar taqsimlanishi prinsipining dav- latchiligimiz hayotiga real singdirilishi masalasi katta nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Birgina quyidagi misolga murojaat etaylik. Prezidentlik lavozimining joriy qilinishi va keyinchalik uning takomillashib borishi ko‘pchilik respublikalarda parlament bilan ijroiya organlar o‘rtasida hokimiyat vakolatlarini qayta taqsim- lash masalasini kun tartibiga qo‘ydi. Bu jarayonning ancha murakkabligi ayon bo‘lib qoldi. Dalil sifatida Rossiya Federatsiyasining parlamenti bilan hukumati o‘rtasida uzoq davom etgan keskin qarama-qarshilikni eslash kifoya. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, respublikalarning parlamentlari prezidentlik hokimiyati bi- lan «bahslashishga» layoqatsiz bo‘lib chiqdilar. Hokimiyatlar taqsimlanishi prinsipi mamlakatning aniq tarixiy shart- sharoitlarini hisobga olgan holda oqilona joriy etilsagina, hokimiyat organlari- ning muvozanati va tengligini ta’minlash mumkin. Mazkur prinsip hokimiyat egasi bo‘lgan subyektlarning o‘zaro munosabatlarini tartib (muayyan qolip, andaza)ga solish imkoniyatini beradi. Zero, ularning har biri o‘z sohasi doira- sida mustaqil bo‘lib, boshqa hokimiyatga itoat etmaydi va so‘zsiz ijro etilishi mo‘ljallangan qarorlar (aktlar) qabul qiladi. Biroq hokimiyatlar taqsimlanishini mutlaqlashtirish kerak emas, chun- ki hokimiyatlarni o‘zaro birlashtirish, ular faoliyatini uyg‘unlashtirish lozim bo‘ladi. Buning uchun hokimiyatlarning mavqeini (maqomini) konstitutsiyaviy belgilash, chegaralash talab qilinadi. Biron-bir hokimiyatning qonun bilan mus- tahkamlab qo‘yilgan «chegaralar»dan chetga chiqishi va boshqa hokimiyat- larning vakolat doirasiga aralashishi mumkin emas. Hokimiyatning har uch shaxobchasi, birgalikda yagona davlat hokimiyati- ni tashkil etadi. Ulardan boshqa hech bir davlat organi hokimiyatga da’vogarlik qilolmaydi. Hokimiyatlar taqsimlanishi prinsipining muhim jihatlaridan biri shuki, unda hokimiyatning har bir shaxobchasi (tarmog‘i) qolgan ikki hokimiyat sub- yektining har birini nazorat qilish huquqi va imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. Ammo bu nazorat – ustunlik emas. Nazorat huquqi nazorat qilinayotgan ho- kimiyatning konstitutsiyaviy vakolatlarini o‘zlashtirib olish imkonini bermaydi. Hokimiyatlar taqsimlanishi har bir hokimiyatning o‘z vakolati doirasida to‘laqonli hokimiyat egasi bo‘lishini taqozo etadi. Shu bois har qanday alohida |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling