Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
146
Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi Erkinlik, shu jumladan, siyosiy erkin- lik har qanday jamiyat intiladigan ezgu tilak, oliy qadriyatdir. Ijtimoiy hayotning erkinligi jamiyat siyosiy tizimida demokratik institut- larning nechog‘lik qaror topganligi va samarali amal qilishi bilan belgilanadi. Siyosiy tizim jamiyat manfaatlariga, xalq irodasiga qanchalik sama- rali xizmat qilsa, uning tabiati va mazmuni shunchalik demokratik bo‘ladi. Boshqacha aytganda, siyosiy tizimni muttasil demokratlashtirib borish xalq hokimiyatchiligini real amalga oshirishning strategik yo‘lidir. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A. Karimov siyosiy tizimni modernizatsiya qilish jamiyatni isloh etish va demokratlashtirishning hozirgi bosqichidagi eng muhim vazifasi ekanligiga alohida urg‘u bergan edi 1 . Siyosiy demokratiyani ravnaq toptirish yoki siyosiy tizimni demokrat- lashtirish jamiyatimiz taraqqiyoti hozirgi bosqichining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Siyosiy hayotni izchil va muntazam erkinlashtirib borish masalasi mamlakat Prezidentining doimiy diqqat markazida turadi. O‘zbekiston Respub- likasi Prezidenti Sh. Mirziyoev o‘z saylovoldi Dasturida quyidagi muhim fikrni ta’kidlagan edi: «Siyosiy tizimni rivojlantirish sohasidagi ustuvor vazifalarimiz rivojlangan huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish, fuqarolarning orzu-intilishlarini ro‘yobga chiqarish, tashabbuslarini amalga oshirish, ularning mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi ishtirokini kengay- tirishdan iborat» 2 . Siyosiy tizimni modernizatsiyalash, avvalo, mamlakat siyosiy hayotining barcha jihatlarini erkinlashtirishdan iborat. Erkinlashtirish siyosiy islohotlarning asl negizi sifatida butun siyosiy tizimni qamrab olmoqda. Mamlakatda ro‘y berayotgan siyosiy demokratik jarayonlarni anglab yetish uchun jamiyatimiz siyosiy tizimini ko‘zdan kechirish yetarli bo‘ladi. Shu maqsadda respublikamiz siyosiy tizimi va uning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslarini alohida yoritish joiz. Siyosiy tizim insonlar faoliyatining alohida sohasi – siyosat, siyosiy munosa- 1 Qarang: Karimov I.А. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. – T.: 2010. –15-bet. 2 Хalq so‘zi, 2016-yil 3-noyabr. Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling