Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

149
VII bob.
 Jamiyatning siyosiy 
tizimi va davlat
– 
birinchidan, siyosiy tizim doirasida qabul qilinadigan qarorlar butun 
jamiyat uchun majburiydir;
– 
ikkinchidan, siyosiy tizim ijtimoiy muhit va avvalo jamiyatning ijti-
moiy-iqtisodiy tuzilmasi bilan uzviy bog‘liqdir;
– 
uchinchidan, siyosiy tizim jamiyatning boshqa tizimlariga nisbatan 
mustaqildir.
Siyosiy tizim jamiyatning maqsad va vazifalarini belgilovchi, uning im-
koniyatlarini amalga oshirishga safarbar qiluvchi mexanizmdir. Siyosiy tizimni 
siyosiy hokimiyatni shakllantiruvchi va amalga oshiruvchi vositalari bo‘lgan 
davlat tashkilotlari va siyosiy munosabatlar yig‘indisi deb tushunish maqsadga 
muvofiqdir.
Siyosiy tizimni mohiyati quyidagi vazifalarda o‘z ifodasini topadi:
– siyosiy tizim o‘zida jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy, etnik va milliy tuzil-
malarini, demografik jarayonlar, aholining ma’lumot darajasi, ijtimoiy onggi 
holati, ma’naviy-ruhiy va ma’rifiy-mafkuraviy hayotni, xalqaro ahvolni aks 
ettiradi;
– siyosiy tizim orqali mafaatlarning asosiy guruhlari aniqlanadi. Zero, 
hozirgi sharoitda jamiyatimiz siyosiy tizimi oldida avvalo, bozor munosabatlariga 
bosqichma-bosqich o‘tishda turli manfaatlar muvozanatiga erishish vazifasi 
turibdi.
Jamiyatning siyosiy tizimi to‘g‘risidagi ta’limotlar yurisprudensiyada 
XX asrning 60–70-yillarida namoyon bo‘la boshladi. Siyosiy tizim masalasi 
faqat huquqshunoslik fanining predmeti bo‘lib qolmay, balki uni siyosatshunos-
lik, sotsiologiya, falsafa kabi fanlar ham o‘rganadi.
«Siyosiy tizim» tushunchasi bahs va munozaraga boy bo‘lib, huquqshunos 
olimlar tomonidan turli xil tarzda ta’riflanadi. Siyosiy tizim – xalq irodasiga 
muvofiq, siyosiy hokimiyatni amalga oshirishga xizmat qiluvchi siyosiy tash-
kilotlar (davlat, siyosiy partiyalar, jamoat birlashmalari, nodavlat uyushmalar), 
siyosiy normalar, prinsiplar, institutlar, jarayonlarning o‘zaro aloqadorligi va 
mushtarak yig‘indisidir
1
. Boshqa bir nuqtayi nazarga ko‘ra, «siyosiy tizim» – 
shaxslarning siyosiy hokimiyatni amalga oshirish jarayonidagi tashkiliy mus-
taqilligi va siyosiy faolligini rivojlantiradigan davlat, jamoat tashkilotlari va 
boshqa uyushmalarning yig‘indisidir
2
.
Mazkur ta’riflar yordamida jamiyat va davlatning aloqalarini aniqlash
davlatning jamiyat siyosiy tizimidagi o‘rni va mavqeini ko‘rsatib beradigan iqti-
sodiy, ijtimoiy-siyosiy omillarni belgilab olish mumkin. Siyosiy tizim insonlar 
faoliyatining alohida sohasi – siyosat, siyosiy munosabatlar va aloqalar sohasi 

Qarang: Оdilqoriyev Х.T. Konstitutsiya va fuqarolik jamiyati. – T., 2002. – 82-bet.

Qarang: Saidov А.Х., Tadjiхanov U.T. Davlat va huquq nazariyasi. T.2. – T., 2001. – 125-bet.



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling