Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
157
VII bob. Jamiyatning siyosiy tizimi va davlat O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq, xalq dav- lat hokimiyatining birdan-bir manbayidir. Xalq bu hokimiyatni vakillik demokratiyasi (saylab qo‘yiladigan davlat hokimiyati organlari orqali) va bevosita demokratiya yo‘li bilan amalga oshiradi. Bevosita demokratiya shakllariga fuqarolarning davlatni boshqarishda, referendumda ishtirok etish hamda jamoat birlashmalariga uyushish huquqi kiradi. Fuqarolar bu huquqlarni turli jamoat tashkilotlariga uyushish yo‘li bilan amalga oshirishi mumkin. Bunday tashkilotlar qatoriga siyosiy partiyalar, kasaba uyushma- lari, yoshlar tashkilotlari va har xil ijodiy uyushmalar kiradi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 1 bobining mazmunidan kelib chiqib, siyosiy tizimga O‘zbekiston xalqi siyosiy faoliyati tashkiliy shakllarining majmui, deb ta’rif berish mumkin. Bunda davlatga xalq siyosiy faoliyatini tashkil etishning asosiy shakli sifatida qaraladi, chunki boshqa shakllar davlatga nisbatan ikkilamchi xususiyatga ega. Ular davlat oldida turgan vazifalarni hal qilishga nodavlat tuzilmalar vositasida yordam beradi, jamiyat va dav- lat ishlarini boshqarishda barcha fuqarolarning ishtirok etishiga imkoniyat yaratadi, davlat hayotida demokratiya asoslarining yanada kengayishiga ko‘maklashadi. Jamiyat siyosiy tizimida davlatning asosiy o‘rni va roli dav- lat siyosiy tizimning asosiy elementi deb aytish imkonini beruvchi bir qan- cha xususiyatlar bilan belgilanadi. Birinchidan, davlat O‘zbekiston Respublikasi ko‘p millatli xalqining siyo- siy tashkiloti, ya’ni ijtimoiy, mulkiy mavqei, irqi, millati, kasb-kori va hokazo- lardan qat’i nazar, jamiyat barcha a’zolarining tashkilotidir. Shu bois, davlat butun xalq tashkiloti sifatida siyosiy tizimning boshqa tarkibiy qismlariga qa- raganda kengroq ijtimoiy imkoniyatlarga ega bo‘ladi. Ikkinchidan, davlat xalq manfaatlarining rasmiy ifodachisi sifatida, mulkning barcha shakllari rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratadi. Uchinchidan, davlat maxsus apparatga ega. Boshqa tarkibiy qismlardan farqli o‘laroq, bu apparat organlariga hokimiyat vakolatlari beriladi. Bunday va- kolatlarga ayniqsa huquqni muhofaza qilish organlari ega bo‘ladi. Ular tarkibi- ga majburlov vazifalarini bajaruvchi ichki ishlar, soliq, bojxona, prokuratura va milliy xavfsizlik organlari kiradi. To‘rtinchidan, siyosiy tizimning boshqa elementlaridan farqli o‘laroq, davlat organlari o‘z vakolatlari doirasida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish hamda ularning ijrosi ustidan nazorat tizimiga ega bo‘ladi. Jamoat tashkilotlari normativ hujjatlar qabul qilish huquqiga ega. Bu normativ hujjatlar faqat maz- kur jamoat tashkiloti a’zolariga nisbatan tatbiq etiladi. Beshinchidan, davlat suverenitetga, ya’ni davlat hokimiyatining barcha siyosiy partiyalar, muassasalar, fuqarolar va nodavlat tashkilotlariga nisbatan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling