Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

Jamoat birlash-
malari va davlat 
organlarining
o‘zaro muno-
sabatlari
4-§.


159
VII bob.
 Jamiyatning siyosiy 
tizimi va davlat
– davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining qarorlarini tayyorlashda 
ishtirok etadilar;
– davlat va jamoat organlarida o‘z a’zolari (qatnashchilari) nomidan ish 
yuritadilar va ularning manfaatlarini himoya qiladilar;
– O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va boshqa huquqiy hujjatlarda, ja-
moat birlashmalarining dasturlari va nizomlarida ko‘rsatilgan boshqa vakolat-
larni amalga oshiradilar.
Shunday qilib, O‘zbekistonda jamoat birlashmalarining davlat va jamiyat 
ishlarini boshqarishga fuqarolarni jalb qilib, ular ishtirokida davlat va jamiyatni 
rivojlantirishga hissa qo‘shish uchun to‘liq imkoniyatlar yaratilgan.
Jamoat birlashmalari to‘g‘risidagi qonunda ularni tuzish va faoliyatini 
to‘xtatish tartibi ham ko‘rsatilgan. Jamoat birlashmasi kamida o‘n nafar fuqa-
roning tashabbusi bilan tuziladi. Jamoat birlashmasini tuzish tashabbuskorlari 
ta’sis s’ezdini (konferensiyasini) yoki umumiy yig‘ilishini o‘tkazadi, uning ni-
zomi (o‘zga asosiy hujjati) qabul qilinadi va rahbar organlari tuziladi. Qonunga 
muvofiq, nafaqat O‘zbekiston fuqarolari, balki chet el fuqarolari va fuqaroligi 
bo‘lmagan shaxslar ham jamoat birlashmalariga a’zo etib qabul qilinadilar. 
Faqat 18 yoshga to‘lgan fuqarolar Respublika siyosiy partiyalariga a’zo bo‘lish 
huquqiga egadirlar.
Partiyalar o‘z a’zolarining siyosiy irodasini ifodalab, davlat hokimiyati va 
boshqaruv organlarini tuzishda ishtirok etishni, shuningdek respublika Oliy 
Majlisi va Xalq deputatlari kengashlariga saylangan o‘z vakillari orqali ho-
kimiyat organlarining faoliyatida qatnashishni asosiy vazifa qilib qo‘yadilar. 
Ularning dasturiy hujjatlari bo‘ladi va bunday hujjatlar matbuot orqali ommaning 
e’tiboriga havola qilinadi. O‘zbekiston Respublikasining har bir fuqarosi o‘zi 
xohlagan siyosiy partiyaga a’zo bo‘lib, o‘sha partiya orqali o‘z siyosiy irodasini 
ifoda etishi mumkin. Bunday erkinlik, o‘z navbatida, xalq siyosiy ongining 
o‘sishiga olib keladi. O‘zbekistondagi siyosiy partiyalar har xil yo‘llar bilan o‘z 
a’zolari va boshqa fuqarolarning davlat ishlarida ishtirok etishini ta’minlashga 
ko‘maklashadi.
Siyosiy partiyalar respublika Oliy Majlisi, Xalq deputatlari kengashlari 
deputatligiga nomzodlar ko‘rsatishi, saylov oldi tashviqot ishlarini olib borishi, 
respublika Oliy Majlisida va tegishli Xalq deputatlari kengashlarida o‘z taraf-
dorlari bo‘lgan deputatlar fraksiyalari, guruhlarini tuzish huquqiga egadirlar.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari siyosiy partiyalarning dasturini, 
ularning maqsadlarini o‘rganib chiqish imkoniyatiga egadirlar. Ular o‘z ixtiyor-
lari va xohish-irodalarini siyosiy partiyalarga a’zo bo‘lish orqali ifodalaydilar. 
Siyosiy partiyaga a’zolik faqat yakka tartibda amalga oshiriladi. Bir partiyaning 
a’zosi, ayni vaqtda, ikkinchi partiyaga a’zolikka qabul qilinmaydi. Ommaviy 



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling