Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

161
VII bob.
 Jamiyatning siyosiy 
tizimi va davlat
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari, respublika Pre-
zidenti farmonlari va hukumat qarorlari butun respublika hududida faoliyat 
ko‘rsatadigan barcha jamoat birlashmalari uchun ularning nizomlarida, boshqa 
hujjatlarida ko‘zda tutilgan vazifalarni bajarishda huquqiy asos bo‘lib xizmat 
qiladi. O‘zbekiston Respublikasi davlat organlari jamoat birlashmalarining 
huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlaydi hamda Konsti-
tutsiyaga muvofiq, ularga ijtimoiy hayotda ishtirok etish uchun teng huquqiy 
imkoniyatlar yaratib beradi.
Davlat bolalar, yoshlar tashkilotlariga moddiy va ma’naviy madad beradi, 
ularga nisbatan imtiyozli soliq siyosati o‘tkazilishini ta’minlaydi, bolalar tash-
kilotlariga, maktab, maktabdan tashqari muassasalarning binolaridan, klublar-
dan, madaniyat saroylari va uylari, sport inshootlaridan bepul yoki imtiyozli 
shartlar bilan foydalanish huquqini beradi.
Konstitutsiyaga asosan, davlat organlari va mansabdor shaxslarning ja-
moat birlashmalari faoliyatiga aralashishiga, shuningdek jamoat birlashmala-
rining davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatiga aralashishiga yo‘l 
qo‘yilmaydi.
Fuqarolik, ma’muriy va jinoyat kodekslarida jamoat birlashmalarining 
huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiluvchi qoidalar mustahkamlan-
gan. Davlat organlari va mansabdor shaxslar uchun bu qoidalar majburiydir. 
Qonunga asosan, siyosiy partiyalar, tashkilotlar, boshqa jamoat birlashmalari 
faoliyati asosan ular a’zolarining (qatnashuvchilarining) ishdan bo‘sh vaqtida 
va mazkur birlashmalar mablag‘i hisobidan amalga oshiriladi.
Jamoat birlashmalarining manfaatlariga daxldor masalalar qonunlarda 
ko‘zda tutilgan hollarda tegishli jamoat birlashmalari ishtirokida yoki ular bi-
lan kelishilgan holda davlat organlari va xo‘jalik tashkilotlari tomonidan hal 
qilinadi.
Davlat moliya organlari jamoat birlashmalarining mablag‘ bilan 
ta’minlanishi va ular daromadlarining manbalarini soliqlar to‘g‘risidagi qonun-
larga muvofiq nazorat qilib boradi. Prokuratura organlari esa jamoat birlash-
malari respublika qonunlari va respublika Prezidenti farmonlarini qay darajada 
to‘g‘ri bajarayotganligini nazorat qilish huquqiga ega.
Jamoat birlashmalarining nizomini ro‘yxatga olgan O‘zbekiston Respub-
likasi Adliya vazirligi va uning joylardagi organlari jamoat birlashmalari faoli-
yatining maqsadlariga taalluqli nizom qoidalariga rioya etilishini nazorat qiladi-
lar. Jamoat birlashmasi, uni ro‘yxatga olgan Adliya vazirligi organlariga ularni 
qiziqtirgan masalalar bo‘yicha hisobot berib turadi. Ro‘yxatga oluvchi adliya 
organlari jamoat birlashmasining rahbar organidan qabul qilingan qarorlarni 
taqdim etishni talab qilishga, jamoat birlashmalari o‘tkazadigan tadbirlarda 
11–18-8



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling