Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
160
Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi jamoat harakatlari ham siyosiy yoki o‘zga maqsadlarni ko‘zlaydilar, lekin ularning ro‘yxatga olingan a’zolari bo‘lmaydi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlarda xizmat qiluvchi shaxslar, harbiy xizmatchilar o‘z xizmat faoliyatida faqat qonun doirasida ish yuritadilar, shuning uchun bu shaxslar siyosiy partiyalar va siyosiy maqsadni ko‘zlovchi ommaviy harakatlarning a’zolari bo‘la olmaydilar. Jamoat birlashmalari qonunlarda belgilab qo‘yiladigan tartibda ishlab chiqarish va xo‘jalik faoliyati bilan shug‘ullanadilar hamda faqat o‘z nizomidagi vazifalarni bajarish maqsadida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan korxonalar xo‘jalik hisobidagi tashkilotlarni tuzishga haqlidirlar. Jamoat birlashmalarining ishlab chiqarish va xo‘jalik faoliyati natijasida olingan daromadlardan faqat nizomda ko‘rsatilgan vazifalarni bajarish uchun foydalaniladi. Jamoat birlashmalari to‘g‘risidagi qonunga asosan, siyo- siy maqsadlarni ko‘zlovchi siyosiy partiyalar va ommaviy harakatlarning diniy tashkilotlardan, chet el davlatlari tashkilotlari va fuqarolaridan moliyaviy va o‘zga yordam olishi man etiladi, ulardan tushgan mablag‘lar esa, davlat foyda- siga o‘tkaziladi. Siyosiy partiyalar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 60-mod- dasiga asosan, o‘z faoliyatlarini moliyaviy ta’minlanish manbalari haqida Oliy Majlisga yoki u vakil qilgan organga belgilangan tartibda oshkora hisobotlar berib turadilar. 2004-yil 30-aprelda O‘zbekiston Respublikasining «Siyosiy par- tiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilindi 1 . Qonun ushbu so- hadagi tegishli munosabatlarni tartibga solishga yo‘naltirilgan va unda siyosiy partiyalarni moliyalashtirishning quyidagi manbalari belgilangan: – kirish va a’zolik badallari; – qonunga muvofiq tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar; – davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar; – mamlakatimizdagi yuridik shaxslar va fuqarolar tomonidan Qonunga muvofiq tartibda beriladigan xayriya yordami. Siyosiy partiya Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylov yakuni bo‘yicha o‘z fraksiyasini tuzish uchun zarur deputatlik o‘rinlarini (9 depu- tat) olgan bo‘lsa, davlat mablag‘larini olish huquqiga ega bo‘ladi (Qonun- ning 7-moddasi). Jamoat birlashmalarining mulki qonun bilan muhofaza qilinadi. Jamoat birlashmalari o‘z ommaviy axborot vositalarini ta’sis etishlari hamda amaldagi matbuot va boshqa ommaviy axborot vositalari to‘g‘risidagi qonunlarga muvo- fiq noshirlik faoliyati bilan ham shug‘ullanishlari mumkin. 1 Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Оliy Majlisining Aхborotnomasi. 2004-yil, 5-son, 86-modda. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling