Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

158
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
ustunlikka ega. U suverenitetga ega bo‘lgan holda, o‘zini o‘zi tashkil etadi va 
umummajburiy xulq-atvor qoidalari (qonunlar) qabul qiladi. Davlat qonunlar 
chiqarish orqali siyosiy tizimga kiruvchi barcha tashkilot, muassasa, birlash-
malarning huquqiy maqomini belgilab beradi.
Shunday qilib, davlat jamiyat siyosiy tizimida alohida o‘rin egallaydi va 
undagi munosabatlarni tartibga solishda asosiy rol o‘ynaydi. 
 
O‘zbekiston Respublikasida faoliyat 
ko‘rsatayotgan jamoat birlashmalarining 
huquqiy holati O‘zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasi va qonunlari bilan belgi-
lanadi. Jumladan, «O‘zbekiston Respublika-
sining jamoat birlashmalari to‘g‘risida»gi, 
«Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida»gi va O‘zbekiston Respublikasining 
«Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatlarining kafolatlari 
to‘g‘risida»gi qonunlarda jamoat birlashmalarining huquqlari, ularning 
maqsadlari, ish faoliyatining shakllari, tuzilish tartibi mustahkamlangan.
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari o‘zlarining davlat va jamiyat 
ishlarida qatnashish huquqini jamoat birlashmalariga uyushgan holda amalga 
oshiradilar. Jamoat birlashmalarining faoliyati juda keng sohalarni o‘z ichiga 
oladi. Ularning huquqlari, har bir jamoat birlashmasining nizomi va boshqa 
huquqiy hujjatlarda ko‘rsatilgan.
Jamoat birlashmalarining nizomlari davlat tomonidan ro‘yxatga olinadi. 
Nizomlarni ro‘yxatga olish tartibi jamoat birlashmalari to‘g‘risidagi qonunning 
11-moddasida ko‘rsatilgan. Masalan, O‘zbekiston Respublikasida amal qiluvchi 
xalqaro jamoat tashkilotlari, respublika viloyatlararo birlashmalarining nizom-
lari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatga olinadi.
Viloyat, tuman, shahar, posyolka, qishloq hududida yoki ikki va undan 
ortiq tuman, shahar, posyolka, qishloq hududida faoliyatini amalga oshiradi-
gan jamoat birlashmalarining nizomlari esa, viloyat adliya boshqarmalarida 
ro‘yxatga olinadi. Jamoat birlashmalari, ularning nizomlari ro‘yxatga olingan 
kundan boshlab, o‘z faoliyatlarini amalga oshiradilar va yuridik shaxs deb tan 
olinadilar. Jamoat birlashmalari nizomlarida, dasturiy va boshqa hujjatlarida 
belgilangan maqsadlar, vazifalarni amalga oshirish uchun o‘z maqsadlari va 
faoliyati to‘g‘risidagi axborotni erkin tarqatadilar, qonunda nazarda tutilgan 
hollarda va tartibda esa:
– davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini shakllantirishda qatna-
shadilar;

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling