Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

154
Odilqoriyev X.T. 
Davlat va huquq nazariyasi
bu mafkurani davlat mafkurasi sifatida belgilamaydi. Siyosiy me’yor – davlat 
va siyosiy tuzilmalar darajasida tan olingan siyosiy axloq hisoblanadi. Uning 
asosiy hujjati konstitutsiya bo‘lib, u jamiyat va davlat hayotining normalarini 
o‘zida aks ettiradi. 
Axborot-kommunikatsiya tizimining o‘rni siyosiy jarayonlarni xalqqa 
xolisona yetkazish va baholash bilan belgilanadi. Bunda asosiy o‘rinni televi-
deniye, gazeta va jurnallardagi siyosiy va huquqiy rukndagi ko‘rsatuv va maqo-
lalar egallaydi. Ayniqsa, kompyuter tizimidan axborot olish manbayi yuqori 
o‘rinda turadi. Chunki, «Internet» tizimi o‘ziga xos ahamiyatga ega.
Siyosiy tizimning yuqorida qayd etilgan kichik tizimlari mustaqil faoliyat 
ko‘rsatsalarda, ammo bir-birlari bilan chambarchas bog‘liqdir. Ularning o‘zaro 
uyg‘un holatdagi faoliyati siyosiy tizim barcha mexanizmlarining normal ish-
lashini ta’minlaydi.
Siyosiy tizimni bunday tushunish unga kompleks yondashishni bildira-
di. Yuqoridagi talqindan kelib chiqib, siyosiy tizimni quyidagi asosiy tarkibiy 
qismlarini ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiq: 
1) siyosiy va huquqiy normalar; 
2) siyosiy tuzilmalar (institutlar);
3) siyosiy faoliyat; 
4) siyosiy ong;
5) siyosiy madaniyat. 
Siyosiy va huquqiy normalar – Konstitutsiya, kodeks, nizom, parti-
yaviy hujjatlarda mustahkamlangan qoidalar bo‘lib, ular siyosiy munosabat-
larni tartibga solish va rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. 
Siyosiy tuzilmalar (institutlar) – siyosiy va davlat tashkilotlari, ular 
o‘rtasidagi munosabatlar, institutlar hamda muassasalar yig‘indisidir. Bu yerda 
siyosiy faoliyat, harakat va munosabatlarni amalga oshirishning tashkiliy jihati 
nazarda tutiladi. 
Siyosiy faoliyat – jamiyatda siyosiy hokimiyatni amalga oshirish tizi-
mini muhofaza etish, rivojlantirish hamda funksional ta’minlashga qaratilgan 
faoliyat turidir.
Siyosiy ong – ijtimoiy ongning bir turi bo‘lib, u siyosiy hokimiyatni 
amalga oshirish mexanizmlarini aks ettiruvchi va kishilarning siyosiy mu-
nosabatlar sohasidagi xulq – atvorini yo‘naltiruvchi tafakkurning namoyon 
bo‘lishidir. Siyosiy ong – siyosiy nazariyalar, dasturlar, ta’limotlar tarzida, 
shuningdek siyosat haqidagi oddiy insoniy qarashlar, tasavvurlar va an’analar 
ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling