Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
3.Davlat va huquq nazariyasi
151
VII bob. Jamiyatning siyosiy tizimi va davlat – partiyalarning saylovlarda oshkora kurashi natijasida hukumatning shakllanishi; – hokimiyat vakolatlarining taqsimlanishiga asoslanganligi. Avtoritar tipdagi siyosiy tizimlar esa yakka shaxs yoki muayyan guruh qo‘lida kuchli hokimiyatning to‘planganligi bilan ajralib turadi. Bunday tizim- larning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat: – fuqarolar demokratik huquq va erkinliklarining tugatilganligi yoki cheklanganligi; – muxolif partiyalar va ijtimoiy tashkilotlarning mutlaqo yoki qisman taqiqlanganligi; – davlat organlarida saylovning cheklanishi va parlamentning ikkinchi darajali organga aylanib qolishi; – hukmron partiyaning davlat apparati bilan qo‘shilib ketishi; – muxolif matbuotning taqiqlanishi; – hokimiyat vakolatlari taqsimlanish tamoyilining buzilishi yoki umu- man amalga oshmaganligi. Totalitar turdagi siyosiy tizimlar davlatning jamiyat hayoti barcha so- halarida to‘la (total) nazorat o‘rnatganligi bilan ajralib turadi yoki tavsiflanadi. Toalitar siyosiy rejimlarning asosiy belgilari quyidagilar: – fuqarolar huquq va erkinliklarining butkul kamsitilishi; – hokimiyatning barcha darajalarda nomenklaturaning yopiq kanallari orqali shakllantirilishi; – hokimiyat bo‘linishi prinsipining amalda bekor qilinganligi; – yagona hukmron partiyaning mavjudligi; – yagona rasmiy mafkuraviy doktrinaning jamiyat barcha a’zolariga singdirilishi. Totalitarizm ijtimoiy turg‘unlikka, fuqarolarning passivligiga, davlat va partiya apparatining izdan chiqishiga, ma’naviy tubanlashuvga olib borishini sobiq SSSRning tarixi yaqqol ko‘rsatdi. O‘tish holatidagi jamiyatlarda (totalitarizm yoki avtoritarizmdan de- mokratiyaga yoki aksincha) o‘tish davri siyosiy tizimlari shakllanadi. Bunday siyosiy tizimlar siyosiy institutlarning zaifligi, oxlokratiya, ya’ni, olomon ho- kimiyati xavfining namoyon bo‘lishi, siyosiy his-tuyg‘ularning jilovlanmagan- ligi, ijtimoiy guruhlarning o‘z g‘oyaviy-siyosiy yo‘llarini yo‘qotganliklari va boshqa holatlar bilan izohlanadi. Ayrim siyosatshunoslar siyosiy tizimlarni ulardagi markazlashuv dara- jasi, hurfikrlilik (plyuralizm) va siyosiy hayotning demokratlashganligi daraja- siga ko‘ra ta’riflab, quyidagi turlarga ajratadilar: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling