Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


VII bob. JAMIYATNING SIYOSIY TIZIMI VA DAVLAT


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

VII bob. JAMIYATNING SIYOSIY TIZIMI VA DAVLAT
Siyosiy tizim 
tushunchasi va 
turlari
1-§.


147
VII bob.
 Jamiyatning siyosiy 
tizimi va davlat
batlar va aloqalar sohasi bilan bog‘liq. U muayyan siyosiy irodaning mahsuli 
sifatida vujudga keladi va bu irodaning amalga oshirilishiga safarbar etilgan 
vositalarning institutsiyaviy (tashkiliy-tuzilmaviy) rasmiylashgan shakli tar-
zida namoyon bo‘ladi. Siyosiy tizim kishilar o‘rtasidagi siyosiy munosabat-
larning barqaror shakli bo‘lib, uning yordamida jamiyat a’zolarining barchasiga 
nisbatan hokimiyat ta’siri amalga oshiriladi yoxud qat’iy irodaviy qaror qabul 
qilinadi
1
.
Tizimlilik jamiyatning tabiiy holati va mavjudligining zarur shartidir. 
Jamiyatning tarkibiy qismi iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, huquqiy va siyosiy 
tizim kabi ijtimoiy hodisalardan iboratdir. Siyosiy tizim ijtimoiy tizimning bir 
turi sifatida jamiyat hayotida muhim o‘rin tutadi.
Yuridik fanda uchraydigan, ijtimoiy tizimning turlari hisoblanadigan 
«huquq tizimi», «huquqiy tizim» va «siyosiy tizim» kabi o‘xshash tushuncha-
larni bir-biridan farqlash lozim.
«Huquq tizimi» – huquqning tarkibiy qismlari, ularning o‘zaro aloqador-
ligi, rivojlanish jarayonini tashkil etish usullari to‘g‘risidagi masaladir. Huquq 
tizimining tarkibiy elementlari huquq normalari, huquq institutlari va huquq 
sohalarining o‘zaro bog‘liq va aloqadorlikda bo‘lgan yig‘indisidir. «Huquqiy 
tizim» esa, muayyan makon va zamonda amal qilayotgan huquqiy hodisalar
huquqiy prinsiplar, institutlar, normalar va jarayonlarning bir butun mush-
tarakligi, o‘zaro chambarchas bog‘liqligi hamda aloqadorligi bo‘lib, ularning 
maqsadli harakatlanishi natijasida ijtimoiy munosabatlarning yuksak saviyada 
huquqiy tartibga solinishiga erishiladi. 
«Siyosiy tizim»ning mohiyatini anglab yetish uchun avvalo, «siyosat» va 
«sistema» (tizim) kabi iboralarning lug‘aviy hamda ilmiy ma’nosini aniqlash 
lozim.

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling