Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi


partiyaga quyidagicha ta’rif berilgan: «Siyosiy partiya qarashlar, qiziqishlar va


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/532
Sana10.11.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1764049
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   532
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi


partiyaga quyidagicha ta’rif berilgan: «Siyosiy partiya qarashlar, qiziqishlar va 
maqsadlarning mushtarakligi asosida tuzilgan, jamiyat muayyan qismining 
davlat hokimiyatini shakllantirishdan iborat siyosiy irodasini ro‘yobga chiqarishga 
intiluvchi hamda o‘z vakillari orqali davlat va jamoat ishlarini idora etishda 
qatnashuvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining ixtiyoriy birlashmasi-
dir». Siyosiy partiyalar to‘g‘risidagi ushbu qonunda, siyosiy partiyalarni tuzish 
va ularning faoliyat ko‘rsatish prinsiplari, ular faoliyatining kafolatlari, ularni 


163
VII bob.
 Jamiyatning siyosiy 
tizimi va davlat
tuzish tartibi, nizomi, ro‘yxatga olish, faoliyatini to‘xtatish tartibi, ularning 
huquqlari, vakillik organlaridagi partiya fraksiyalari, guruhlarining maqsadi, 
vazifalari to‘liq ko‘rsatib berilgan.
O‘zbekistonda olib borilayotgan siyosat siyosiy partiyalar va jamoat bir-
lashmalariga katta mas’uliyat yuklaydi. Bunday mas’uliyatning asosiy negizi 
har qanday jamoat birlashmasi oldiga qo‘yilgan yagona maqsadni, ya’ni bo-
zor munosabatlariga o‘tish jarayonida har bir fuqaroning ijtimoiy himoyalan-
gan bo‘lishi, ularning davlat va jamiyatni boshqarishda ongli ravishda va faol 
ishtirok etishini ta’minlashdan iborat. Jamoat birlashmalari respublikada amal-
ga oshirilayotgan islohotlarni o‘z a’zolari ishtirokida tahlil qilishlari va ularga 
nisbatan o‘zlarining fikrlarini bildirishlari, islohotlar natijasida o‘z oldilarida 
turgan vazifalarni aniqlab olishlari hamda barcha a’zolarini ularni bajarishga 
jalb etishlari lozim. Bu, o‘z navbatida, jamiyatdagi barcha kuchlarni yagona 
maqsad – O‘zbekistonning yuksak taraqqiyoti, har bir fuqaroning tinch-totuv 
va farovon hayot kechirishi yo‘lida birlashtiradi.
Fuqarolik jamiyati shakllanishi jarayonida mamlakat siyosiy tizimining, 
shu jumladan, davlatning demokratlashuvi tendensiyasi kuchayadi. Bir tomon-
dan, siyosiy tizimning barcha tarkibiy bo‘g‘inlari faoliyatining xalq omma-
sining ishtiroki, daxldorligi kuchayadi (kengayadi), ikkinchi tomondan, davlat 
organlari bilan fuqarolik jamiyati institutlarining o‘zaro hamkorligi, ijtimoiy 
sherikchiligi rivoj topadi.
Bu borada davlat xalq manfaatlariga xizmat qiluvchi siyosiy tashkilot 
sifatida quyidagi yo‘nalishlarda o‘z faoliyatini faollashtiradi:
Birinchi yo‘nalish – davlat organlari o‘z faoliyatini oshkoralik va ochiqlik 
muhitida amalga oshira borib, jamiyatni o‘z faoliyatining asosiy mazmunidan 
muntazam xabardor etib boradi. Davlat organlari faoliyati ustidan parlament 
va jamoatchilik nazoratini ta’minlash mexanizmlari rivoj topadi. Davlat or-
ganlarining parlament va xalq oldida hisobot berish institutlari vujudga ke-
ladi. Jumladan, Davlatimiz rahbari Sh.M. Mirziyoev O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti lavozimiga kirishga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida 
quyidagilarni ta’kidladi: «Endi nafaqat hukumat, balki mutasaddi vazirlik va 
idoralar, xo‘jalik birlashmalari, shuningdek, hokimlar ham o‘z faoliyati yakun-
lari bo‘yicha hisobot berish tizimi joriy etiladi va shunga qarab ularning ishiga 
baho beriladi»
1
, shuningdek, «2017-yildan boshlab barcha darajadagi hokimlar
prokuratura va ichki ishlar organlari rahbarlarining aholi oldida hisobot berish 
tizimi joriy etiladi»
2
.

Qarang: Mirziyoyev Sh. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. 
– T., 2017. – 17-bet.

O‘sha manba, 18-bet.



Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   532




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling