122
Odilqoriyev X.T.
Davlat va huquq nazariyasi
ni tashkil etish muayyan obyektiv prinsiplarga tayanadi. Bu esa, jamiyatning
davlat tomonidan samarali idora etilishini ta’minlaydi.
Davlat vazifalarini bajarish uchun ularga mos
ravishda davlat organlari
tashkil etiladi va bu organlar asosiy mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi. Masa-
lan, qonunlarni yaratish uchun parlament shakllantiriladi,
qonunlarga bir xilda
amal qilinishini nazorat qilish maqsadida prokuratura organlari tashkil etiladi.
Davlat hokimiyatini tashkil etish va faoliyat yuritishi vakolatlarning taqsim-
lanishi prinsipi asosida amalga oshiriladi.
Xorijiy mamlakatlarning konstitutsiyalarida, odatda, davlatning normativ
tavsifi, hokimiyat va davlat idoralari ko‘rinishlarining izohi bayon etiladi. Bu
qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati,
prezidentlik instituti, marka-
ziy va mahalliy hokimiyat idoralari tizimidan iborat. O‘zbekiston Respublika-
sining Konstitutsiyasiga
binoan ham qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud
hokimiyati – davlatning uchta asosiy tayanchidir.
Davlatning jamiyat
hayotining asosiy sohalariga, fuqarolar va ijtimoiy
guruhlar faoliyatiga ko‘rsatadigan ta’siri maqsadli va samarali bo‘lishi lozim.
Ushbu
maqsadga ishchan, izchil, «qobiliyatli» davlat apparati vositasida
erishiladi. Davlat ishlarini boshqarish davlat apparati
tarkibida yuqori uyush-
qoqlikni, vakolatlar doirasida omilkor harakatni, mahorat va professionalizmni
talab etadi.
Hozirgi kunda davlatshunos olimlar davlat apparatining,
eng avvalo, fuqa-
rolar va ular uyushmalarining turli ehtiyoj va manfaatlarini mutanosiblashtirish
mexanizmi deb hisoblaydilar. Bunday fikrning to‘g‘riligi davlat mexanizmining
o‘ziga xos umumiy belgilarini tahlil etish jarayonida yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: